1-savol: Ilk psixologik tadqiqotlar laboratoriyasi qachon qaerda va kim tomonidan tashkil qilindi? Javob


-savol: Tajriba (eksperiment) qanday qismlariga bo‘linadi?



Yüklə 269 Kb.
səhifə5/44
tarix22.06.2023
ölçüsü269 Kb.
#134175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Остонов Ж.Ш. savollar

22-savol: Tajriba (eksperiment) qanday qismlariga bo‘linadi?
Javob: Aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi) va tekshirish (nazorat) qismlariga bo‘linadi.
Manba: Ergash G‘oziyev. Umumii psixologiya. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. 37-bet
23-savol: Biografiya (tarjimai hol) metodi nimani o‘rganadi?
Javob: Tarjimai hol ma'lumotlari inson psixikasidagi o‘zgarishlarni kuzatishda, uningsuhbat va tajriba metodlari bilan o‘rganib bo‘lmay-digan jihatlarini ochishga yordam beradi.
Manba: Ergash G‘oziyev. Umumii psixologiya. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. 38-bet
24-savol: Anketa metodi nimani o‘rganadi?
Javob: Umumiy psixologiya fanida keng qo‘llaniladigan metodlardan biridir. Uning yordamida turli yoshdagi va kasbdagi odamlarning psixologik xususiyatlari, narsa va hodisalarga munosabatlari o‘rganiladi.
Manba: Ergash G‘oziyev. Umumii psixologiya. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. 38-bet
25-savol: Sotsiometriya metodi nimani o‘rganadi?
Javob:Bu metod kichik guruh a'zolari o‘rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o‘rganish va ularningdarajasi-ni o‘lchashda qo‘llaniladi. Unga amerikalik sotsiolog Djon Moreno asos solgan.
Manba: Ergash G‘oziyev. Umumii psixologiya. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. 39-bet
26-savol: Ong qanday yuzaga kelgan?
Javob:Ong psixikani yaxlit tarzda ifodalovchi yuksak shakli hisoblanib, insonning yakka va hamkorlik faoliyatining muloqot nutq, til vositasida, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning mahsuli sifatida yuzaga kelgandir.
Manba: Ergash G‘oziyev. Umumii psixologiya. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. 46-bet
27-savol: Ongning tarkibiga nimalar kiradi?
Javob: a)obrazni his qilish imkoniyati; b)borliqdagi narsalarning qadr-qiymati; v)atrof-muhit ob'ektlarining ma'no kasb etishi.

Yüklə 269 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin