Manba: Ergash G‘oziyev. Umumii psixologiya. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. 30-bet
12-savol: Kuzatish metodini nechta turi mavjud?
Javob: Psixologiya fanida bu metodning ob'ektiv (tashqi) va sub'ektiv (o‘zini o‘zi) kuzatish turlari mavjud.
Manba: Ergash G‘oziyev. Umumii psixologiya. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. 32-bet
13-savol: Faoliyat mahsullarini tahlil qilish metodi nimani o‘rganadi?
Javob: Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod umumiy psixologiyada keng qo‘llaniladi.
Manba: Ergash G‘oziyev. Umumii psixologiya. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. 34-bet
14-savol: Test metodi nimani o‘rganadi?
Javob: Test - inglizcha so‘z bo‘lib, sinash, tekshirish, de-makdir. Shaxsning aqpiy o‘sishini, mentalitetini, qobiliyatini, iro-daviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‘llaniladigan qisqa masala, topshiriq, misol, jumboq, syujetli rasm yoki shakl test deb ataladi. Test, ayniqsa, odamning qanday kasbni egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligi, iste'-dodlilar, iqtidorlilar va aqli zaiflarni aniqlashda kishilarni saralashda keng qo‘llaniladi.
Manba: Ergash G‘oziyev. Umumii psixologiya. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. 34-bet
15-savol: Test metodiga qachon kimlar tomonida asos solingan?
Javob: 1905 yildan, ya'ni franiuz psixologi A. Bine va uning shogirdi A. Simon insonning aqliy o‘sish va iste'dod darajalarini o‘lchash imkoniyati borligi g‘oyasini olg‘a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo‘llana boshlandi.
Manba: Ergash G‘oziyev. Umumii psixologiya. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. 34-bet
16-savol: Suhbat metodi nimani o‘rganadi?
Javob: Suhbat orqali odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, tiyrakligi, bilim saviyasi, e'tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to‘g‘risida ma'lumotlar olinadi.
Manba: Ergash G‘oziyev. Umumii psixologiya. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. 34-bet
Dostları ilə paylaş: |