1-Seminar ishi rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim va tarbiya (esse, venn diagrammasi usullari asosida) Ishning maqsadi


Yuqorida bayon qilinganlardan ko’zda tutilgan maqsadlari



Yüklə 37,27 Kb.
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü37,27 Kb.
#208317
1   2   3   4   5
1-seminar uzb

Yuqorida bayon qilinganlardan ko’zda tutilgan maqsadlari :
-Maktablarning insonparvarlik, umuminsoniylik yo’nalishlarini kuchaytirish.
- Ta`lim oluvchi shaxsini shakllantirishning eng samarali yo’llarini qidirib topish.
-Tarbiyaning yangi formalarida – ta`lim oluvchilar kengashi, maktab kengashlaridan, tarbiyaviy o’yinlardan foydalanish.
-Maktab o’quv dasturlarini ixtisoslashtirish, fanlarning o’zaro aloqasini mustahkamlash, takomillashtirish.
-Maktabni mehnat, insoniy faoliyat bilan yaqinlashtirish, kasbga yo’naltirish ishlarini qayta tashkil etish.
-Tabaqalashtirib o'qitishni yo’lga qo’yish, maxsus o’kuv muassasalarini (ham talantlar, ham aqliy, jismoniy zaif ta`lim oluvchilar uchun) rivojlantirish.
- Yangi, ya`ni o'quv texnik vositalarini ta`limdagi salmoqni oshirish, pedagoglar korpusida kompyuter ta`limini yo’lga ko’yish.
- Pedagogik g’oyalarni amalga oshirishda keng qamrovli eksperiment tadqiqotlarni amalga oshirishdan iboratdir.
AQSh TA`LIM TIZIMI. Amerika Qo’shma Shtatlarida ta`lim tizimining tuzilishi quyidagicha:
Bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari;
1 -8-sinflargacha bo’lgan boshlang’ich maktablar (bunday maktablarda 6 yoshdan 13 yoshgacha o’qiydilar);
9-12-sinflardan iborat o’rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha bo’lgan bolalar ta`lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat.
Amerika Qo'shma Shtatlarida navbatdagi ta`lim bosqichi oliy ta`lim bo’lib, u 2 yoki 4 yil o’qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlardir.AQShda majburiy ta`lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o'quv yurtlari davlat, jamoa tasarrufida, xususiy va diniy muassasalar ixtiyorida bo’lishi mumkin.
Amerikada 3 yoshgacha bo’lgan bolalar tarbiyasi bilan onalar shug’ullanadilar, lekin ularga hech qanday imtiyozlar berilmagan. 5 yoshdan esa “Kinder garde” deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida ta`lim boshlanadi. Boshlang’ich maktab 6 yoshdan to 13- 15 yoshgacha bo’lgan bolalarni qamrab oladi. Bu boshlang’ich maktablarda umumiy savodxonlik va kasbga yo’naltirish vazifalari hal etiladi.
Sinfdan-sinfga ko’chish ta`lim oluvchining o’zlashtirganlik darajasiga bog’liq. Boshlang’ich ta`lim turli shtatlarda turlicha belgilangan (4, 5, 6, 8 yil). Maktablarda turli hil to’garaklar, uchrashuvlar, shoular va sayohatlar uyushtiriladi, ammo ularning hammasiga haq to’lash lozim. O’rta maktablar quyi va yuqori bosqichlardan iborat. Sinfni bitirgan talabalar tanlov asosida o’rta maktabga qabul qilinadi. O’rta maktablarda quyidagi to’rt yo’nalishda kasb-hunar asoslari berib boriladi:
Kasb-hunar ta`limi; Biznes ta`limi; Savdo va sanoat ta`limi; -qurilish ta`limi. Oliy ta`lim esa quyidagi 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi:
Kichik mutaxassis 2 yillik kollejlar. Bakalavr 4 yillik kollejlar. 4 yillik kollej yoki dorilfununni tugatgandan so’ng, 1-2 yillik magistr maktabi. 5.Doktorantura.
Oliy ta`limda ikki yo’nalish mavjud: Ta`limni individuallashtirish Talabaning mustaqil ishlashini amalga oshirish. Pedagog yo’naltiruvchi rol o’ynaydi. Asosiy maqsad talaba intellektini mashq qildirish va mantiqiy fikrlashga o’rgatishdir. Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, AQSh o’rta maktablarida o’z ta`lim oluvchilariga uch yo’nalishda: akademik, kasb-h unar, umumiy yo’nalishlarda bilim beradi.
AQShda har bir ta`lim oluvchiga fanlar bo’yicha olgan bilimlari jamlangan attestatlar beriladi. Kollejlarda o’qish istagida xujjat topshirgan pedagoglar yuqori o’rta maktabning so’nggi ikki yili bilimlari hajmida kirish test sinovlaridan oo’tkaziladi. O’g’il-qizlarning tanlagan kasbiga layoqati va qobiliyati ham aniqlanadi. Maktablarda qo’llanilishi mumkin bo’lgan vositalar elektron yozuv apparatlari (kalligrafiya va yozuv qoidalarini takomillashtirishga yordam beradigan moslamalar) ta`lim televideniyesi, qo’lda ko’tarib yuradigan elektron til laboratoriyasi, slaydlar, videoapparaturalar, kompyuter va hokazolardan iborat. XXI asr arafasida AQSh yangi qabul qilingan «2000-yilda Amerika ta`lim strategiyasi» dasturi e`lon qilingan edi.



Yüklə 37,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin