O‘lchash vositalaridan asosan texnikaviy o‘lchashlarda qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda o‘lchash vositalari to‘plami bilan jihozlanmagan zamonaviy stanoklar yoki avtomatik yo‘nalishlarni uchratish qiyin. Sanoatda ishlatiladigan o‘lchash vositalarining ko‘p qirraligiga qaramasdan, quyidagi asosiy yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
mahsulotlarning sifatini va miqdorini o‘lchash vositalari.
Sanoatda ham ilmiy tekshirishlarda o‘lchangani kabi, fizikaviy kattaliklarni o‘lchash ehtiyoji mavjuddir. Ammo, bu holatda o‘lchash sharti va diapazoni keskin farq qiladi. Masalan, ilmiy tekshirishlarda o‘lchamlar atom qismiga teng o‘lchamlardan, to yulduzlar va galaktikalararo masofalargacha o‘lchanadi. Temperatura Kelvin gradusining o‘nli ulushlaridan, to o‘nlab million gradusgacha teng oraliqda o‘lchanadi. Massa esa elementar zarracha massasidan, to yulduzlar massasigacha o‘lchanadi. Ilmiy tekshirishlarda o‘lchashlarni bajarishda diapazonni qanchalik o‘zgarishini quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin:
Antarktidagi o‘lchash asboblaridan past temperaturalarda (-600S gacha) muqobil ishlay olish qobiliyati talab etilsa, Sahroi Kabirdagi o‘lchash asboblariga esa birmuncha issiqroq (600S gacha) bo‘lgan sharoitda me’yorli ishlay olish talablari qo‘yiladi. YOki shunga o‘xshash, atrof muhitdagi bosimi yuzlab atm. bo‘lgan okean tubini tadqiq etishga mo‘ljallangan o‘lchash asboblari bilan koinotning fazo bo‘shlig‘idagi turli tadqiqot maqsadlaridagi o‘lchash asboblari.
Odatda sanoatdagi o‘lchash vositalarining imkoniyat chegaralari birmuncha torroq bo‘ladi. Ammo, bu sohada ham o‘lchash vositalariga bir qator alohida talablar qo‘yiladiki, ularning butkul bajarilishi muayyan to‘siqlarni engishga bog‘liqdir. Birinchi navbatda sanoat asboblarining ilmiy tekshirish asboblaridan farqli ravishda seriyali ishlab chiqarishga va ko‘plab korxonalarda ishlatilishga mo‘ljallanganligini eslash kifoyadir. Bu talab sanoat asboblarida seriyali ishlab chiqarish sharoitida faqat iqtisodiy foyda keltiradigan texnik echimlardan foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu erda qimmatbaho materiallar va elementlarni, juda murakkab texnologik jarayonlarni qo‘llash mumkin emas. Bundan tashqari, sanoat asboblari etarli darajada ishlatish va ta’mirlash uchun sodda bo‘lishligi kerak, chunki hamma sanoat korxonalarida ham murakkab o‘lchash asboblarini ishlata oladigan yuqori malakali mutaxassislar bo‘lavermaydi.
Sanoat asboblari doimo rivojlanishdadir. Har yili seriyali ishlab chiqarishga yangi o‘lchash asboblari va to‘plamlari joriy qilinadi. Lekin oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tekshirish oliygohlaridagi olimlarning, loyihalash oliygohlari va loyihalash byurolaridagi loyihachilarning hamma urinishlariga qaramasdan sanoatda o‘lchash va nazorat vositalari tanqisligi sezilarlidir. Ushbu jihatdan o‘lchash va nazorat vositalarining ishlab chiqarilishini ko‘paytirishga mo‘ljallanganligi texnologik jarayonlar foydaliligi, mahsulot sifatini hamda ishlab chiqarish salmog‘i va madaniyatining oshishiga olib keladi.