1-seminar. Mavzu: Dunyo xalqlari madaniyatida dinning roli Reja: Dinning kelib chiqish tarixi


dunyoqarashini shakllantirish, tasalli berish (kompensatorlik), birlashtirish, boshqarish, kommunikativlik, ruhiy­ma’naviy tarbiyalash



Yüklə 19,4 Kb.
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü19,4 Kb.
#205363
1   2   3   4   5
Dinning kelib chiqish tarixi Din va diniy qadriyatlarning jamiya-hozir.org

dunyoqarashini shakllantirish, tasalli berish (kompensatorlik), birlashtirish,
boshqarish, kommunikativlik, ruhiy­ma’naviy tarbiyalash
kabi bir qator vazifalarni bajarib kelgan.
Dinning tasalli beruvchilik vazifasini olaylik. Inson bolasi boshiga biror musibat, qiyinchilik tushganida o‘ziga dindan ovutuvchi, ko‘ngliga taskin beruvchi, yupatuvchi kuch topgan.

Din birlashtirish vazifasini ham bajarib, insonlar orasida hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Har bir din e’tiqod qiluvchilarini o‘z qoidalariga amal qilishga chaqiradi. Ularni bu qoidalarga sodiqlikka undaydi va shu yo‘l bilan insonlarni birlashtiradi.


Din o‘ziga e’tiqod qiluvchilarning turmushini tartibga solib, boshqarish vazifasini ham bajaradi. Bu vazifa axloq normalari asosida amalga oshiriladi. Din axloq normalarini tartibga soladi hamda halol va harom, savob va gunoh nima ekanligini belgilab beradi.
Dinning kommunikativlik vazifasi shundaki, diniy urf-odat, an’ana, marosim va bayramlarni birgalikda o‘tkazishga, qarindoshlik, birodarlik, dindoshlik

aloqalarini mustahkamlashga chaqiradi. Din inson hayotining ezgulik mohiyatini ochadi. Bu uning insonlarni ruhiy­ma’naviy tarbiyalash vazifasini ado etayotganiga yaqqol dalildir. Din madaniyat rivojiga ham katta ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Bundan tashqari, u umuminsoniy va milliy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan avlodga yetkazish borasida ham muhim ahamiyatga ega. Din insoniyatning ruhiy dunyosi bilan chambarchas


bog‘liq bo‘lib, hayotda doimo u bilan birga bo‘lib kelgan. Bugungi kunda ba’zi kuchlar dinning jamiyatdagi vazifalaridan g‘arazli maqsadlarda foydalanishga urinishlarini ham kuzatish mumkin. Natijada minglab kishilar dinsizlikda ayblanib, qonlari to‘kilmoqda. Turli diniy shiorlarning noto‘g‘ri talqin qilinishidan ham begunoh insonlar jabr chekmoqda. Ana shunday salbiy holatlarning oldini olishda dinning turli xalqlar o‘rtasida muloqot o‘rnatishi, ularni ma’naviy va ruhiy jihatdan yaqinlashtirishi, zulm va zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashga chaqirishi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Barcha dinlar ezgulikni targ‘ib qiladi. Din va ilm-fan bir-birini to‘ldirib turadi.\


Yüklə 19,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin