1-seminar. Mavzu: Dunyo xalqlari madaniyatida dinning roli Reja: Dinning kelib chiqish tarixi



Yüklə 19,4 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü19,4 Kb.
#205363
1   2   3   4   5
Dinning kelib chiqish tarixi Din va diniy qadriyatlarning jamiya-hozir.org

Totemizm. Ibtidoiy jamoalar qavm-qarindoshlik asosiga qurilgan. Odam ijtimoiy munosabatlarning ushbu ko‘rinishini tashqi muhitga – tabiatga ham ko‘chirgan. Urug‘ning jonivorlar va o‘simliklar olami bilan aloqasini ular bilan qondoshlik alomati deb tushunilgan. 1938-yili Surxondaryo viloyati Boysuntog‘ tog‘laridagi Teshiktosh g‘oridan topilgan neandertal bola qabri hozirgi O‘zbekiston hududidagi totemizm e’tiqodiga aloqador eng qadimiy yodgorliklardan biridir. Bolani ko‘mishdan avval uning atrof tog‘ echkisi – arxarning shoxlari bilan o‘ralgan, bu uning totem jonivor bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi taxminni ilgari surish imkonini beradi.

Fetishizm. Zamonaviy dinlarda fetishizm tabarruk buyumlarni tavof qilish tarzida, jumladan, xristianlarda — xoch, ikonalar, mayitga sig‘inish, buddizmda – tabarruk o‘g‘ir yoki hovoncha tarzida saqlanib qolgan. Irim-sirimga ishonadigan odamlar orasida tumor baxt keltiradi, ko‘zmunchoq esa yomon ko‘zdan asraydi, degan ishonch mavjud bo‘lgan. Taqa, tumor, bo‘yin taqinchog‘i (kulon) kabi narsalar zamonaviy fetishlarga misol bo‘ladi.


Shamanizm (shomonlik). Boshqa millatlarda bo‘lgani singari, Markaziy Osiyo xalqlarida ham shamanizm turli ko‘rinishlarda kuzatiladi. Folbinlik, rom ochish, issiq-sovuq qilish, ilgirlik kabilarni shamanizm belgilari sifatida keltiriladi. Bugungi kunda ham ba’zan biror narsasini yo‘qotgan kishi folbinga borish holatlari uchraydi. Shuningdek, sehr yo‘li bilan birovga foyda yoki zarar yetkazishga urinish amaliyoti ham kuzatiladi. Markaziy Osiyo
xalqlarida ba’zan biror kimsa uzoq vaqt kasal bo‘lsa, unga sog‘ayishning birdan-bir yo‘li – ruhlar bilan muloqotga kirishish, deb uqtiradilar. Bunday kishilar xalq orasida «odamli» deyiladi. Ammo unutmaslik kerakki, ko‘pincha, bunday hollar sodda odamlarni aldash uchun o‘ylab chiqarilgan bo‘ladi.

Jonivorlar va o‘simliklarga sig‘inish. Markaziy Osiyo xalqlari orasida, asosan, quyidagi jonzotlar va o‘simliklar muqaddaslashtirilgan:
Bo‘ri. Qadimgi turk afsonalariga qaraganda, Ashina qabilasidan bo‘lgan yosh go‘dakni bo‘ri emizib katta qilgan. Shuning uchun ham Yevroosiyo vohalaridagi turklarning ko‘k bayrog‘ini bo‘rining oltindan yasalgan boshi bezab turgan. Bo‘rining mo‘jizaviy ilohiy kuchiga ishonch shu kunlargacha qisman saqlanib qolgan.
Ot. Otni ulug‘lash turkiy xalqlar orasida qadimdan mavjud bo‘lgan. Buni Janubiy Qirg‘iziston tog‘laridagi (Aravon, Ayirmoch-Tog‘) qoyalarga bitilgan otlar tasvirida ko‘rishimiz mumkin. Tasvirlar tagida hayvonlarni qurbonlikka keltirib, sham yoqish uchun tokchalar yasalgan. Otning muqaddasligi haqidagi tushuncha nafaqat dashtlarda yashovchi qabila va elatlarda, balki dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi o‘troq aholi orasida ham keng tarqalgan.


Yüklə 19,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin