Qushlar. Rivoyatlarga ko‘ra, o‘zlarini O‘g‘izxon avlodlari deb hisoblagan turkiy o‘g‘izlar bobolar timsolini yomonliklardan asrovchi qushlarda ko‘rishgan. Qirg‘iy, burgut, lochin, qarchig‘ay kabi qushlar qabila a’zolariga Baraka va baxt olib keluvchi muqaddas jonzotlar hisoblanib, ularni otish qat’iyan man etilgan. O‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman xalqlari qadimda ukki, boyo‘g‘li, burgut va lochin patlarining muqaddas kuchiga ishonganlar. Bugunga qadar ham kichik yoshdagi o‘g‘il bolalar va qizchalarning bosh kiyimlari, beshik va belanchaklarini qushlar pati bilan bezaydilar. Markaziy Osiyo xalqlari orasida qirg‘ovul, tovus, xo‘roz muqaddas qushlar deb sanalgan.
Daraxtlar. Markaziy Osiyoda chinor va sarv daraxtlari (archa) qadimdan muqaddas kuchga ega obyekt sifatida e’zozlangan. Ularga qizlar o‘z qalb sirlarini aytib, daraxt shoxlariga nishona bog‘lab, armonlarining ushalishiga umid qilganlar. Janubiy Turkmaniston, O‘zbekiston va Tojikistonda chinor daraxti g‘oyat e’zozlanadi. Turkmanlar chinorning qurigan shoxlarini o‘tin sifatida yoqib, istifoda etishga ham qo‘rqadilar.
Turkmanistondagi Feruza vohasi uzunligi qirq metr keladigan «Yetti akauka» chinori bilan mashhur. Sayrob qishlog‘idagi bahaybat chinorning to‘rt metrli kavagida bir vaqtlar hatto madrasa joylashgan. Toshkent yaqinidagi Burchmulla qishlog‘ida odatdan tashqari katta chinorni ziyorat qilishga keluvchilarning keti uzilmaydi.
2.Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi o’rni
Din jamiyat hayotida muhim o‘ringa ega. U kishilarda ezgulikka intilish, o‘zini ruhan va jismonan poklash, atrofdagilarga manfaat yetkazish, hayotni qadrlash kabi ijobiy xislatlarni shakllantiradi. Dinlar kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlab kelgan. Dunyo xaritasidagi deyarli har birm mamlakatda yashovchi xalq muayyan dinga e’tiqod qiladi, uning o‘z urf-odat va an’analari mavjud. Dunyo xalqlari tarixini o‘rganishda ularning diniy qarashlari, e’tiqodlari va diniy amaliyotlarini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. XVII-XIX asrlarda yashab ijod qilgan ba’zi yevropalik tadqiqotchilar insoniyat taraqqiy etib borgani sari uning qo‘rquvlari ham kamayadi, u mustaqil bo‘ladi, bu esa dinlarning butkul yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi, deb bashorat qilgan edilar. Biroq vaqt o‘tishi bilan bu fkr amalda o‘z tasdig‘ini topmadi. Din jamiyatda insonlar
Dostları ilə paylaş: |