1. seminar mavzu qadimgi sharq tarixi manbashunosligi (4–soat)
2.Qadimgi Misr manbashunosligi va manbashunosligi. Qadimgi Misr tarixini o'rganish uchun qadimgi Misrningzamonamizgacha saqlanib
kelgan ko'pgina yozma yodgorliklarikatta ahamiyatga egadir. Yozma manbalardagi ma'lumotlar
moddiymadaniyat yodgorliklarini ko'p jihatdan to'ldiradi, bu ma'lumotlarqadim zamondagi
misrliklar hayotini, texnika, san'at va diniye'tiqodning rivojlanishini oydinlashtirib beradi. Antik
dunyo mualliflariningqadimgi Misr haqida yozgan yoki eslab o'tgan asarlaridanMisr tarixiga oid
ko'p ma'lumot olish mumkin. Garchi yunonva rim yozuvchilari qadimgi Misr tarixi va
madaniyati haqidaba'zan bir qator qimmatli ma'lumotlar qoldirgan bo'lsalar ham, lekinularning
ma'lumotlari tanqidiy ravishda jiddiy qarashni talabqiladi.Qadimgi Misr tarixi ko'p xil manbalar
orqali o'rganiladi. Bumanbalarni yetti turga bo'lish mumkin: 1) Yozma manbalar, tarixiy asarlar, badiiy adabiy, ilmiy, diniy matnlar, hujjat va yo'riqnomalar.
2) Moddiy madaniyat yodgorliklari: shahar, qal'a, ibodatxona, sog'ona, uylar, sopol idishlar,
haykallar va h. k.
3) Xalq og'zaki ijodiyoti: qo'shiq, ertak, maqollar, afsona, axloqiy- etik asarlar.
4) Tilshunoslik ma'lumotlari.
5) Etnografiya ma'lumotlari
6) Antropologiya ma'lumotlari: mumiyo, skelet, freska, relyeflarda odamlarni jismoniy
tuzilishini o'rganish mumkin bo'lgan tasvirlar.
7) Geografik muhit va landshaft, kanallar, yo'llar.
Yozma manbalar: Mashhur fransuz olimi Shampolonning Misr iyerogliflarini o'qishi qadimgi
Misr yozuvini o'rganishda muhim ahamiyat kasb etdi. Palermo toshi yozuvlarida V sulolagacha
bo'lgan fir'avnlarining ro'yxati sanab o'tilgan va yirik harbiy yurishlar va Nil toshqinlari
to'g'risida ma'lumot beradi. Aton va Ra ibodatxonalari (Fivadagi Karnak ibodatxonasi)
devorlarida yozilgan «Tutmos III annallari» (XVII sulola) qimmatli yozma manbalardan biri
hisoblanadi. Kohin Manefonning (taxminan er. av. VI—III asrda) yozilgan asarida Misr tarixi
eng qadimgi davrdan boshlab bayon qilingan. Manefon 30 sulola ro'yxatini tuzib, ularni uch
dekada 10 sulolaga bo'ldi. Bu yangi davrda tadqiqotchilarning Misr tarixini eng muhim
davrlarini aniqlashlari uchun, jumladan, qadimgi Misr tarixini, qadimgi, o'rta, yangi va so'nggi
podsholik davrlariga bo'lish imkoniyatini berdi.