1. seminar: mavzu: qadimgi sharq tarixi manbashunosligi (4–soat) Maqsad: Talabalarda quyidagi muammolar boyicha bilim va tushunchalar hosil qilish


Kichik Osiyo manbashunosligi va tarixshunosligi, arxeologik izlanishlar



Yüklə 249,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix11.05.2023
ölçüsü249,29 Kb.
#111394
1   2   3   4   5   6   7   8
1. seminar mavzu qadimgi sharq tarixi manbashunosligi (4–soat)

4. Kichik Osiyo manbashunosligi va tarixshunosligi, arxeologik izlanishlar. 
Er. av. II ming yillikda halokatga uchragan Xett davlati to'g'risida tarixiy ma'lumotlar XX 
asr boshlarigacha deyarli yo'q darajada edi. Bu vaqtgacha Kichik Osiyo va shimoliy Suriyada 
sirli iyeroglif yozuvlar va tasvirlar topilgan edi. 1887-yil tadqiqotchilar Tell-Amarna arxividagi 
diplomatik yozishmalarda Xett podshosining Misr fir'avniga tengligi (uning birodari) eslatib 
o'tiladi Bu kashfiyot Old Osiyoda qadimda yana bir buyuk davlat mayjud bo'lganini ko'rsatdi. 
1906-yil nemis olimi Y. G. Vinkler Bugozgoyada (Turkiya) xettlar poytaxti Xattusi xarobalarida 
arxeologik qazishmalarga kirishdi.
Qazishmalar natijasida Yaqin Sharq tillarida bitilgan o'n minglab taxtachalardan iborat 
arxiv, jumladan, Xett — Misr tinchlik shartnomasining mixxat varianti topildi. Chex 
tadqiqotchisi B. Grozniy 1915-yilda chuqur tadqiqotlar natijasida xett tili hind-yevropa tillar 
oilasiga mansub degan xulosani aytdi, natijada Xett davlati tarixini o'rganish kuchayib ketdi. 
Olim A.Getse 1933-yil Xett davlati tarixini umumiy ocherkini yaratdi. Bundan tashqari, A. Getse 
1933-yilda Kichik Osiyo tarixi umumiy ocherkini chop etdi. Muallif Xett davlati harbiy va sulola 
tarixiga asosiy e'tiborini qaratdi. U Xett jamiyatining bir qancha ijtimoiy-siyosiy muassasalari 
o'xshashligiga (yer-mulk, majburiyatli yer egaligi) asoslanib, xettlarning ijtimoiy tizimini feodal 
tuzum deb ta'rifladi. Lingvist va arxeologlar xett madaniyati asoslarini yaratishda protoxettlarni, 
xurrit qabilalarini o'rnini ko'rsatadigan dalillarni topdilar. 
5.Qadimgi Eron manbashunosligi va tarixshunosligi.
Eron tarixining alohida davrlari turli xil yozma manbalarga boy. Yozuvlardan eng 
qadimgilari er.av. III—I ming yilliklardagi janubiy-g'arbiy Eron hududi bo'lgan Elam tarixini 
yoritadi: ular podsho yozuvlari, huquqiy hujjatlar, bag'ishlov matnlari, davlatlararo 
shartnomalardir. 
Qadimgi fors davlati tarixi bo'yicha manbalar xilma-xil: bu xo'jalik hujjatlari, tarixiy 
yozuvlar, amaldorlarning rasmiy yozishmalari. Hozirgi vaqtda qadimgi fors tilida elam va akkad 
tillariga tarjima qilingan 200 ga yaqin (podsholar) mixxat yozuvlari chop etilgan. 1972-yilda 
fransuz arxeologlari Suzada Doro I ning ulkan haykalini topdilar. Haykal qadimgi fors, elam, 
akkad va misr iyeroglif matnlari bilan qoplangan. Qadimgi Eron poytaxtlari Persepol yoki 
Pasargadda, podsho Kserksyozuvlari nusxalari topilgan. Persepolda er.av. Ill ming yillikka oid 
elam tilida mixxat bilan yozilgan 800 ta hujjat topilgan. Fors qabilalarini Old Osiyo 
chegaralaridagi harakati to'g'risida er.av. IX-VII asrlarga oid Osuriya yozuvlari ma'lumot beradi. 
Bobil tarixiy xronikasi Mesopotamiyani forslar tomonidan bosib olinishi haqida hikoya qiladi. 
Forslar davriga old loy taxtachalarda yozilgan 10000 ming bobil xususiy huquqiy va ma'muriy 
xo'jalik hujjatlari mavjud. 
Shuningdek, Misrdan forslar davriga oid turli xil ma'muriy xo'jalik hujjatlari, podsho 
Kumbizning Misr ibodatxona mulklarini cheklash to'g'risidagi dekreti, Doro I ning Misr 
qonunlarini kodifikatsiya qilish to'g'risidagi farmoni katta qiziqish uyg'otadi. Midiya va Eron 
tarixi bo'yicha ma'lumot beradigan manbalardan biri bu yunon mualliflarining asarlari 
hisoblanadi. Gerodot (er.av. V asr)ning tarixi, Fukidid (er.av. V asr) tarixi, Ksenofontning 
«Yunon tarixi» asari, uning «Anabasis» memuari, sitsiliyalik Diodorning «Tarixiy kutubxona»si 
kabi asarlar qadimgi fors tarixiga oid boy siyosiy, ijtimoiy, harbiy-diplomatik ma'lumotlar 
beradi. Eronda mezolit va neolit davriga oid manzilgohlar, arxeologik topilmalar, kulolchilik 
buyumlari Suza shahrining ilk qatlamlari yodgorliklari, Eron poytaxt shaharlari Suza, Ekbatana, 
Pasargad xarobalaridan topilgan ulug'vor haykallar, qoya tosh relyeflari qimmatbaho metallardan 


qilingan buyumlar-riton-qadahlar, harbiy qurollar va taqinchoq-bezaklar topib o'rganilgan. 
Yevropa olimlari J. De Margo va Grishman bu qadimgi shaharlar xarobalarini o'rganib, 
eronshunoslik faniga muhim hissa qo'shdilar. 

Yüklə 249,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin