Eng batafsil ma'lumotlami Mesopotamiyaga sayohat qilgan yunon tarixchisi
Gerodot qoldirgan
(er. av V asr). Gerodotning kichik zamondoshi ko'p yillar Eronda bo'lgan knidlik Ktesiy 23
kitobdan iborat «Eron tarixi» asarida Mesopotamiyaga ancha katta o'rin ajratgan. Ammo Ktesiy
tarixini bayon qilish afsonaviy an'analarga asoslangan bo'lib voqealarni soxtalashtirish, xatolarni
ko'pligi uchraydi.
Er.av. V asrda fors shahzodasi Kirning yollanma qo'shinida askar bo'lib
Mesopotamiyaga kelgan yunon Ksenofontning «Kiropediya» va «Anabasis» asarlarida Dajla va
Frot daryo vodiylari tasviri, mamlakat xalqlari va urf-odatlari to'g'risida ma'lumotlar beriJgan.
Strabonning «Geografiya»sida {er. av. I asr-eramizning I asri) 16 kitob Mesopotamiyaga maxsus
bag'ishlanib boy ma'lumotlar beradi. Mesopotamiya tarixi bo'yicha bir qancha ma'lumotlar losif
Flaviy va Rim tarixichisi Pompey Trog asarlarida uchraydi.
Mixxatni deshifrovkasi (o'qilishi). Mesopotamiya, Eronga
birinchi ilmiy safar qilgan
kishi XVII asrda daniyalik olim K.Nibur edi. U Yevropaga qadimgi Eron poytaxti Persepol
saroyidan mixxat yozuvlarini olib keldi.
1802-yilda klassik fanlar o'qituvchisi nemis olimi Grotofend 39 ta belgidan 10 ta
mixxatni o'qidi. XIX asrning 30—40-yillarida Yaqin Sharqda uzoq yillar ishlagan ingliz harbiysi
va diplomat! G.Roulingson mixxatlarni o'qilishlJa katta hissa qo'shdi. U Eronda Xamadon
(Midiyaning qadimgi poytaxti Ekbatana) shahri yaqinida Behistun
qoyasida Doro I ning uch
tildagi ulkan yozuvini topdi. 1947-yilda Roulingson yozuvning Bobil qismidagi 600 belgidan
250 tasini aniqladi. Olimlar J.Oppenxeym, E.Xinks va boshqalar Mesopotamiyaning Akkad
mixxatlarini o'qishga o'z hissalarini qo'shdilar. 1855-yilda Behistun
yozuvining uchinchi qismi
elam tilidagi mixxatlar ham olimlar tomonidan o'qildi. XIX asrning 90-yillarida nemis olimi
F.Delich akkad tilining grammatikasi va lug'atini yaratdi. Shumer mixxat yozuvini o'qish
keyinroq XIX asrning I yarmida F. Tyurgo-Danjan, O. Pepel, A. Daymel va A. Falkenshteynlar
tomonidan amalga oshirildi.
Arxeologik ma'lumotlar Qadimgi Mesopotamiyadagi birinchi arxeologik qazishmalar
XIX asr o'rtalarida uning shimoliy qismi Osuriya joylashgan joyda amalga oshirildi. 1842-yil
fransuz diplomati P.Botta Kunjik tepaligini qazishni boshladi.
Chunki bu joy mahalliy
afsonalarga ko'ra Osuriya davlatining poytaxti Ninevrya bo'lgan. Ammo tepalikni qazish aytarli
natija bermagach, u bu yerda ishni tugatib Xorsabod qishlog'ida qazish ishlarini boshladi. U bu
joyda 1843-yil Osuriya podshosi Sargon I ning Dur-Sharrukin saroyi qoldiqlarini topdi. Botta
topgan yodgorliklar Luvr muzeyining Osuriya kolleksiyasining asosi bo'ldi. 1845—1847-yillar
ingliz diplomati G. Leyyard sharq tillarini yaxshi bilgan holda Nimrud tepaligini qazishni
boshladi.
Ulkan odam, ho'kiz, odam-sher haykallari bo'lgan podsho saroylari bilan Osuriya
poytaxti Nineviya hisoblangan Kunjik tepalagidan, Osuriya podshosi Sinaxxerib (er. av. VII asr)
saroyini uning nevarasi Ashshurbanipalning «Loy kitob»lar bilan to'la kutubxonasi bilan birga
topildi. Rassom tomonidan Nimrud yaqinidagi Balavat degan joyda er. av. IX asrga oid Osuriya
yodgorliklari, jumladan, harbiy yurish va xiroj keltirish tasvirlangan 4 jez plita Balavat darvozasi
qoplamasi topildi. Ingliz olimlari tomonidan XIX asrning ikkinchi
yarmida qadimgi shumer
shaharlari Uruk, Larsa va Eredu qazib ochildi. XIX asrning oxirida fransuz arxeologlari Shumer
shahri Lagash va img hukmdorlarini ko'p sonli haykallarini asosan, Gudeaning kumush va
alebastr vazalarini, «Kalxatlar stelasi»ni, ibodatxona xo'jaligi va 3000 yillik tarixga ega Nippur
shahrini ochdilar. Nippur xarobalaridan umumshumer
xudosi Enlil ibodatxonasi, 6000 loy
taxtachadan iborat ibodatxona-kutubxona, saroy, maktab, bozor, do'konlar uy-joylar va xo'jalik
binolari topildi. XIX asrda Mesopotamiyadagi arxeologik kashfiyotlar hammani lol qoldirdi.
Ammo arxeologik izlanishlar ishqiboz qiziquvchan kishilar tomonidan hech qanday ilmiy
rejasiz, ilmiy usullarsiz olib borildi.
Dostları ilə paylaş: