1. seminar: mavzu: qadimgi sharq tarixi manbashunosligi (4–soat) Maqsad: Talabalarda quyidagi muammolar boyicha bilim va tushunchalar hosil qilish


Qadimgi Misr manbashunosligi va manbashunosligi



Yüklə 249,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix11.05.2023
ölçüsü249,29 Kb.
#111394
1   2   3   4   5   6   7   8
1. seminar mavzu qadimgi sharq tarixi manbashunosligi (4–soat)

2.Qadimgi Misr manbashunosligi va manbashunosligi. 
Qadimgi Misr tarixini o'rganish uchun qadimgi Misrningzamonamizgacha saqlanib 
kelgan ko'pgina yozma yodgorliklarikatta ahamiyatga egadir. Yozma manbalardagi ma'lumotlar 
moddiymadaniyat yodgorliklarini ko'p jihatdan to'ldiradi, bu ma'lumotlarqadim zamondagi 
misrliklar hayotini, texnika, san'at va diniye'tiqodning rivojlanishini oydinlashtirib beradi. Antik 
dunyo mualliflariningqadimgi Misr haqida yozgan yoki eslab o'tgan asarlaridanMisr tarixiga oid 
ko'p ma'lumot olish mumkin. Garchi yunonva rim yozuvchilari qadimgi Misr tarixi va 
madaniyati haqidaba'zan bir qator qimmatli ma'lumotlar qoldirgan bo'lsalar ham, lekinularning 
ma'lumotlari tanqidiy ravishda jiddiy qarashni talabqiladi.Qadimgi Misr tarixi ko'p xil manbalar 
orqali o'rganiladi. Bumanbalarni yetti turga bo'lish mumkin: 
1) Yozma manbalar, tarixiy asarlar, badiiy adabiy, ilmiy, diniy matnlar, hujjat va yo'riqnomalar. 
2) Moddiy madaniyat yodgorliklari: shahar, qal'a, ibodatxona, sog'ona, uylar, sopol idishlar, 
haykallar va h. k. 
3) Xalq og'zaki ijodiyoti: qo'shiq, ertak, maqollar, afsona, axloqiy- etik asarlar. 
4) Tilshunoslik ma'lumotlari. 
5) Etnografiya ma'lumotlari 
6) Antropologiya ma'lumotlari: mumiyo, skelet, freska, relyeflarda odamlarni jismoniy 
tuzilishini o'rganish mumkin bo'lgan tasvirlar. 
7) Geografik muhit va landshaft, kanallar, yo'llar. 
Yozma manbalar: Mashhur fransuz olimi Shampolonning Misr iyerogliflarini o'qishi qadimgi 
Misr yozuvini o'rganishda muhim ahamiyat kasb etdi. Palermo toshi yozuvlarida V sulolagacha 
bo'lgan fir'avnlarining ro'yxati sanab o'tilgan va yirik harbiy yurishlar va Nil toshqinlari 
to'g'risida ma'lumot beradi. Aton va Ra ibodatxonalari (Fivadagi Karnak ibodatxonasi) 
devorlarida yozilgan «Tutmos III annallari» (XVII sulola) qimmatli yozma manbalardan biri 
hisoblanadi. Kohin Manefonning (taxminan er. av. VI—III asrda) yozilgan asarida Misr tarixi 
eng qadimgi davrdan boshlab bayon qilingan. Manefon 30 sulola ro'yxatini tuzib, ularni uch 
dekada 10 sulolaga bo'ldi. Bu yangi davrda tadqiqotchilarning Misr tarixini eng muhim 
davrlarini aniqlashlari uchun, jumladan, qadimgi Misr tarixini, qadimgi, o'rta, yangi va so'nggi 
podsholik davrlariga bo'lish imkoniyatini berdi.

Yüklə 249,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin