1. seminar: mavzu: qadimgi sharq tarixi manbashunosligi (4–soat) Maqsad: Talabalarda quyidagi muammolar boyicha bilim va tushunchalar hosil qilish


Ikki daryo oralig’i (Mesopatamiya) manbashunosligi va tarixshunosligi



Yüklə 249,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix11.05.2023
ölçüsü249,29 Kb.
#111394
1   2   3   4   5   6   7   8
1. seminar mavzu qadimgi sharq tarixi manbashunosligi (4–soat)

3.Ikki daryo oralig’i (Mesopatamiya) manbashunosligi va tarixshunosligi. 
Antik mualliflar Mesopotamiya tabiati, iqlimi va aholisining urf-odatlari, diniy 
e'tiqodlari, yutuqlari va tarixiy afsonalari to'g'risida qimmatli ma'luraotlar yozuvlar qoldirdilar. 


Eng batafsil ma'lumotlami Mesopotamiyaga sayohat qilgan yunon tarixchisi Gerodot qoldirgan 
(er. av V asr). Gerodotning kichik zamondoshi ko'p yillar Eronda bo'lgan knidlik Ktesiy 23 
kitobdan iborat «Eron tarixi» asarida Mesopotamiyaga ancha katta o'rin ajratgan. Ammo Ktesiy 
tarixini bayon qilish afsonaviy an'analarga asoslangan bo'lib voqealarni soxtalashtirish, xatolarni 
ko'pligi uchraydi. 
Er.av. V asrda fors shahzodasi Kirning yollanma qo'shinida askar bo'lib 
Mesopotamiyaga kelgan yunon Ksenofontning «Kiropediya» va «Anabasis» asarlarida Dajla va 
Frot daryo vodiylari tasviri, mamlakat xalqlari va urf-odatlari to'g'risida ma'lumotlar beriJgan. 
Strabonning «Geografiya»sida {er. av. I asr-eramizning I asri) 16 kitob Mesopotamiyaga maxsus 
bag'ishlanib boy ma'lumotlar beradi. Mesopotamiya tarixi bo'yicha bir qancha ma'lumotlar losif 
Flaviy va Rim tarixichisi Pompey Trog asarlarida uchraydi. 
Mixxatni deshifrovkasi (o'qilishi). Mesopotamiya, Eronga birinchi ilmiy safar qilgan 
kishi XVII asrda daniyalik olim K.Nibur edi. U Yevropaga qadimgi Eron poytaxti Persepol 
saroyidan mixxat yozuvlarini olib keldi. 
1802-yilda klassik fanlar o'qituvchisi nemis olimi Grotofend 39 ta belgidan 10 ta 
mixxatni o'qidi. XIX asrning 30—40-yillarida Yaqin Sharqda uzoq yillar ishlagan ingliz harbiysi 
va diplomat! G.Roulingson mixxatlarni o'qilishlJa katta hissa qo'shdi. U Eronda Xamadon 
(Midiyaning qadimgi poytaxti Ekbatana) shahri yaqinida Behistun qoyasida Doro I ning uch 
tildagi ulkan yozuvini topdi. 1947-yilda Roulingson yozuvning Bobil qismidagi 600 belgidan 
250 tasini aniqladi. Olimlar J.Oppenxeym, E.Xinks va boshqalar Mesopotamiyaning Akkad 
mixxatlarini o'qishga o'z hissalarini qo'shdilar. 1855-yilda Behistun yozuvining uchinchi qismi 
elam tilidagi mixxatlar ham olimlar tomonidan o'qildi. XIX asrning 90-yillarida nemis olimi 
F.Delich akkad tilining grammatikasi va lug'atini yaratdi. Shumer mixxat yozuvini o'qish 
keyinroq XIX asrning I yarmida F. Tyurgo-Danjan, O. Pepel, A. Daymel va A. Falkenshteynlar 
tomonidan amalga oshirildi. 
Arxeologik ma'lumotlar Qadimgi Mesopotamiyadagi birinchi arxeologik qazishmalar 
XIX asr o'rtalarida uning shimoliy qismi Osuriya joylashgan joyda amalga oshirildi. 1842-yil 
fransuz diplomati P.Botta Kunjik tepaligini qazishni boshladi. Chunki bu joy mahalliy 
afsonalarga ko'ra Osuriya davlatining poytaxti Ninevrya bo'lgan. Ammo tepalikni qazish aytarli 
natija bermagach, u bu yerda ishni tugatib Xorsabod qishlog'ida qazish ishlarini boshladi. U bu 
joyda 1843-yil Osuriya podshosi Sargon I ning Dur-Sharrukin saroyi qoldiqlarini topdi. Botta 
topgan yodgorliklar Luvr muzeyining Osuriya kolleksiyasining asosi bo'ldi. 1845—1847-yillar 
ingliz diplomati G. Leyyard sharq tillarini yaxshi bilgan holda Nimrud tepaligini qazishni 
boshladi. Ulkan odam, ho'kiz, odam-sher haykallari bo'lgan podsho saroylari bilan Osuriya 
poytaxti Nineviya hisoblangan Kunjik tepalagidan, Osuriya podshosi Sinaxxerib (er. av. VII asr) 
saroyini uning nevarasi Ashshurbanipalning «Loy kitob»lar bilan to'la kutubxonasi bilan birga 
topildi. Rassom tomonidan Nimrud yaqinidagi Balavat degan joyda er. av. IX asrga oid Osuriya 
yodgorliklari, jumladan, harbiy yurish va xiroj keltirish tasvirlangan 4 jez plita Balavat darvozasi 
qoplamasi topildi. Ingliz olimlari tomonidan XIX asrning ikkinchi yarmida qadimgi shumer 
shaharlari Uruk, Larsa va Eredu qazib ochildi. XIX asrning oxirida fransuz arxeologlari Shumer 
shahri Lagash va img hukmdorlarini ko'p sonli haykallarini asosan, Gudeaning kumush va 
alebastr vazalarini, «Kalxatlar stelasi»ni, ibodatxona xo'jaligi va 3000 yillik tarixga ega Nippur 
shahrini ochdilar. Nippur xarobalaridan umumshumer xudosi Enlil ibodatxonasi, 6000 loy 
taxtachadan iborat ibodatxona-kutubxona, saroy, maktab, bozor, do'konlar uy-joylar va xo'jalik 
binolari topildi. XIX asrda Mesopotamiyadagi arxeologik kashfiyotlar hammani lol qoldirdi. 


Ammo arxeologik izlanishlar ishqiboz qiziquvchan kishilar tomonidan hech qanday ilmiy 
rejasiz, ilmiy usullarsiz olib borildi. 

Yüklə 249,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin