Mesopotamiya, Hindiston) nisbatan yopiq rivojlandi. Er. av. II ming yillikning o'rtalaridan Yaqin
Sharqning turli hududlari o'rtasida
iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar o'rnatildi. Er. av. I
ming yillikda esa bu aloqalar yanada kuchaydi va madaniyatlarning o'zaro ta'siri natijasida sharq
madaniyatlari boyidi. Shu tarzda Qadimgi Sharq dunyosining yaxlitligi amalga oshdi. Qadimgi
Sharq tarixini o'rganishda yozma manbalarning ayrim, uzuq-yuluq
parchalar shaklida yetib
kelishi va ularni tarixiy sharhlashning murakkabligi katta qiyinchilik tug'dirdi. Yirik sharqshunos
olimlar G.Maspero, Ed.Meyer, B.A.To'rayev va Kembrij qadimgi tarixi mualliflari, qadimgi
Sharq
mamlakatlarinmg siyosiy, madaniy va diniy tarixi bo'yicha noyob asarlar yaratdilar.
G'arbning ba'zi sharqshunoslari Qadimgi Sharq jamiyatini feodal tuzumga ega ekanligi
tushunchasini ilgari surdilar. Qadimgi Sharq jamiyatining o'ziga xos xususiyati to'g'risidagi
munozaralarda ko'pincha u yoki bu mamlakatda qullar sonining ozligi ko'rsatib o'ttlgan edi.
Ularning sonini taxminan belgilashga to'g'ri kelar edi. Bir qancha hollarda tegishli statistika
ma'lumotlari
topilmagan, boshqa manbalardan keltirilgan qo'shimcha dalillar esa qullar
mehnatining salmog'ini kutilgandan kamroq ko'rsatar edi.
Dostları ilə paylaş: