Sertifikatlashtirish ikki xil bo'ladi, bular majburiy va ixtiyoriy.
Mahsulotni u yoki bu sertifikatlashtirishga oidligi, uning tashqi muhitga, inson salomatligiga ta'siri asosiy mezon hisoblanadi. Ana shuning uchun tashqi muhitga, inson salomatligiga ta'sir ko'rsatuvchi mahsulotlar albatta, majburiy sertifikatlashtirishga mansub bo'ladi, qolgan mahsulotlarning sertifikatlashtirilishi esa ixtiyoriydir.
Majburiy sertifikatlashtirishdeganda, sertifikatlashtirish huquqiga ega bo'lgan idora tomonidan mahsulot, jarayon, xizmatining standartlardagi majburiy talablarga muvofiqligini tasdiqlash tushuniladi.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish deganda ishlab chiqaruvchi (bajaruvchi), sotuvchi (ta'minlovchi) yoki iste'molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda o'tkaziladigan sertifikatlashtirish tushuniladi.
Mahsulot va hizmatlarni sertifikat-lashtirish to‘g’risida”gi qonun shartlari
2-modda. Sertifikatlashtirishning maqsad va vazifalari.
3-modda. Sertifikatlashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlari.
4-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar.
5-modda. O'zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish organlari.
II BOB. SЕRTIFIKATLASHTIRISH FAOLIYATIGA DOIR UMUMIY TALABLAR
7-modda. Muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik belgisi.
8-modda. Sertifikatlashtirish faoliyatini amalga oshirish.
9-modda. Sertifikatlashtirish to’g’risida axborot.
Mahsulotlar (shu jumladan dasturiy va boshqa ilmiy-texnikaviy mahsulotlar), xizmatlar, shuningdek sifat tizimlari sertifikatlashtirish obyektlari hisoblanadi.
"O'zstandart" agentligining o'zi, uning tomonidan akkreditatsiya qilingan yoki e'tirof etilgan sertifikat-lashtirish organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organlari, sifat bo'yicha ekspert-auditorlar, shuningdek mahsuloti sertifikatlashtirilishi lozim bo'lgan korxonalar,