1. Shaxs va uning faolligi



Yüklə 17,83 Kb.
səhifə1/5
tarix11.11.2022
ölçüsü17,83 Kb.
#68521
  1   2   3   4   5
1. Shaxs va uning faolligi













1.Shaxs va uning faolligi. Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o'z-o'zini anglab, har bir harakatini muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos bo'lgan eng muxim va umumiy xususiyat – bu uning faolligidir. Faollik (lotincha «actus» - harakat, «activus» - faol so‘zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning xayotdagi barcha hatti harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyalardir. Bu- o'sha oddiy qo'limizga kalam olib, biror chizikcha tortish bilan bog'liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uygonish paytlarimizda amalga oshiradigan mavxum fikrlashimizgacha bo'lgan murakkab harakatlarga alokador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va o'z-o'zini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashiga alokador sifatlari orkali bayon etiladi.
Fanda inson faolligining asosan ikki turi farklanadi:
A. Tashki faollik- bu tashkaridan o'z ichki istak-xoxishlarimiz ta’sirida bevosita kurish, kayd qilish mumkin bo'lgan harakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orkali namoyon bo‘ladigan faollik.
B. Ichki faollik – bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, kon aylanish, nafas olish, bosim o'zgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, ya’ni aslida ko'rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir kursatuvchi omillarni o'z ichiga oladi.
Misol tarikasida xayotdan shunday manzarani tasavvur kilaylik: uzoq ayrilikdan sung ona o'z farzandi visoliga yetdi. Tashki faolllikni biz onaning bolasiga intilishi, uni kuchoklashi, yuzlarini siylashi, kuzlaridan okkan sevinch yoshlarida kursak, ichki faollik- o'sha kuz yoshlarini keltirib chikargan fiziologik jarayonlar, ichki soginchning asl sabablari (ayrilik muddati, nochorlik tufayli ayrilik kabi yashirin motivlar ta’siri), ko'rib idrok qilgandagi o'zaro bir-birlariga intilishni ta’minlovchi ichki, bir qarashda kuz bilan ilgab bulmaydigan emotsional holatlarda namoyon bo‘ladi. Lekin shu manzarani bevosita guvoxi bo‘lsak ham, taxminan qanday jarayonlar kechayotganligini tasavvur qilishimiz mumkin. Demak, ikkala turli faollik ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil etadi. Bir qarashda har bir aniq shaxsga uning extiyojlariga bog'liq bo‘lib tuyulgan bunday faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib,shaxsning jamiyat bilan bo‘ladigan murakkab va o'z aro munosabatlarining okibati xisoblanadi

Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulq» tushunchalari bilan chambarchas bog'liq bo‘lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib takaladi. Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi, uzligini namoyon kiladi ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bulmay, ongli ravishda boshkariladigan faol jarayondir. Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi. Ya’ni, faoliyat- inson ongi va tafakkuri bilan boshkariladigan, undagi turli-tuman extiyojlardan kelib chikadigan, hamda tashki olamni va o'z-o'zini o'zgartirish va takomillashtirishga karatilgan uziga xos faollik shaklidir. Bu-yosh bolaning real predmetlar moxiyatini o'z tasavvurlari doirasida bilishga karatilgan uyin faoliyati, bu-moddiy ne‘matlar yaratishga karatilagn mehnat faoliyati, bu-yangi kashfiyotlar ochishga karatilgan ilmiy-tadkikotchilik faoliyati, bu-rekordlarni kupaytirishga karatilgan sportchining maxorati va shunga uxshasha. Shunisi xarakterliki, inson har dakikada qandaydir faoliyat turi bilan mashgul bo‘lib turadi.




Yüklə 17,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin