1. Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti


Ona plata bilan tanishish, uning turini, imkoniyatlarini aniqlash



Yüklə 44,75 Kb.
səhifə13/37
tarix02.01.2022
ölçüsü44,75 Kb.
#45021
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
1. Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti

14. Ona plata bilan tanishish, uning turini, imkoniyatlarini aniqlash

Kompyuterlarning ona plata arxitekturasi funksional jihatdan boyitilib va asosiy protsessorning unumdorligi oshishi bilan doimiy ravishda mukammallashtirib boriladi. Bu uning eng muhim qismi, kompyuterning yuragi bo‘lib, uning elektron tarkibiy qismini tashkil qiladi. U yoki bu ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan standartlashtirilgan ona plata modeli unda qo‘llanilgan mikrosxemalar to‘plami va elementlarning joylashish topologiyasi bilan belgilanadi. Standartlashtirilgan g‘ilof shakliga qarab, o‘lchami bo‘yicha turli ona platalar ishlab chiqariladi. Shaxsiy kompyuterlar uchun eng keng tarqalgan ona plata formatlari AT, ATX (305×244 mm o‘lchamli), mikro ATX (244×244 mm) va FlexATX (229×191 mm). Zamonaviy ona platalarning asosini tashkil etuvchilari, uning g‘ilofiga joylashtirilgan bo‘ladi: protsessor razyomlari, kengaytirish slotlari bilan magistral liniyalari, apparat xotira modullarining razyomlari, chipset mikrosxemalari uchun razyomlar. Bu konstruktiv elementlar yuqori darajali birlashtirish bilan apparat pog‘onasidagi asosiy elektron tashkil etuvchilarni birlashtiradi. Ko‘pincha ona platalarda audio va video vositalarning elektron tashkil etuvchilari joylashtiriladi. Tashqi qurilmalarning tizimli blokka ulanishi, razyomlari tizimli blokning old yoki orqa panellarga joylashtirilgan, tashqi interfeys vositalari yordamida tashkil qilinadi. Masalan, sichqoncha ko‘rinishidagi boshqaruv qurilmasini ulash uchun COM-port, bosmaga chiqarish qurilmasi uchun LPT-port ishlatiladi. Hozirgi kunda o‘nlab firmalar tuzilishi, ular tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan protsessor turlari va ularning taktlash chastotalari hamda ishchi kuchlanishlarning kattaliklari bilan farqlanuvchi, turli xil tizimli bloklarni katta miqdorda ishlab chiqarmoqdalar. Tizimli platalar har xil turdagi tizimli, lokal va tashqi shinalarning interfeyslarini quvvatlaydi. SHK ning ishlash samaradorligi qo‘llanuvchi shinalar tarkibiga va bu shinalar uchun mo‘ljallangan platadagi mavjud slotlar miqdoriga bog‘liqdir.




Yüklə 44,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin