21. Xotira va uning turlari. Kesh xotira, xotira ierarxiyasi
Xotira-ma’lumot va dasturlarni saqlash uchun xizmat qiladi va quyidagilarga bo’linadi:
1.Operativ xotira 2. Kesh xotira 3. BIOS xotira 4.CMOS(yarim doimiy xotira) 5. Video xotira
Kesh xotira. Kesh xotira kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bolib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotiraning koproq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga murojaatida, avvalo, kerakli programma va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bolgani uchun kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha kam boladi.
Dostları ilə paylaş: |