22. Umumiy foydalanuvchiga mo’ljallangan registrlar
Ichki registrlar (protsessorli xotira) mashinaning yaqin oradagi ish taktlarida bevosita qo‘llaniladigan axborotni qisqa muddatli saqlash, yozish va uzatish uchun mo‘ljallangan. U mashinaning yuqori tezkorligini ta’minlash uchun registrlar asosida quriladi, chunki asosiy xotira har doim ham tezkor mikroprotsessorning samarali ishlashi uchun axborotni zarur bo‘lgan yozish, izlash va o‘qish tezligini ta’minlab bera olmaydi. Registrlar – xotiraning turli uzunlikdagi tez ishlovchi yacheykalaridir (umumiy xotira yacheykalaridan farqli ravishda 1 bayt standart uzunlikka va nisbatan past tezlikka ega). Unda ko‘pincha kerakli konstantlar saqlanadi, ba’zi protsessorlarda ichki registrlar turli xil manzillashlarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |