1-шова (М-01 шакл)



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/25
tarix14.03.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#53754
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
mikrobiologik preparatlarning za

Kristall 

δ-endotoksin.  YOki  juft  sporali  kristalli  endotoksin  bakteriyaning 

spora hosil qilish jarayonida hujayraning bir  qismida spora shakllangandan so‘ng 

hosil  bo‘ladi,  hosil  bo‘lgan  kristall  to‘g‘ri  sakkiz  qirrali  ko‘rinishga  ega  bo‘ladi. 

Kristallarni  sintez  qilish  kulturaning  statsionar  fazasida  taxminan  uch  soat 

davomida kechadi.  

Hujayrada  turli  ko‘rinishdagi  bir  nechta  kristallar  hosil  bo‘lishi  mumkin 

(to‘g‘ri  bipiramidal,  rombsimon,  kubsimondan  ovalsimongacha).  Ularning 

o‘lchamlari  0,5x1,3  dan  1x3,5  mkm  gacha  va  hattoki  submikroskopik 

ko‘rinishigacha  kichrayishi  mumkin.  Ular  organik  eritmalarda  erimaydi,  biroq 

sporadan  ajralishi  mumkin, pH ko‘rsatkichi  yuqori ishqoriy  (pH 11,5 dan  yuqori) 

sharoitda  yaxshi  eriydi  va  qaytaruvchi  ishqoriy  bufer  ishtirokida  (pH 7,9-9,5) 

ularning erish darajasi ortadi. Kristallar 100

0

S haroratda 30-40 minut qizdirilganda 



o‘zining zaharlilik xususiyatini yo‘qotadi. 

Kimyoviy  tarkibida  uglerod,  azot,  vodorod,  kislorod  va  aminokislotalar 

tarkibiga  kiruvchi  19  ta  elementlar  uchraydi.  Bulardan  tashqari  anchagina 

miqdorda  kalsiy,  magniy,  kremniy,  temir  va  kam  miqdorda  nikel,  titan,  rux, 

alyuminiy,  xrom,  mis  va  margenets  kabi  elementlar  bor.  Har  xil  shtammlarda 

oqsilli kristallar  aminokislotalar tarkibiga ko‘ra bir-biriga juda yaqin. 

Kristall  oqsillar  kimyoviy  tabiatiga  ko‘ra  sporalar  qobiqlarining  oqsili  bilan 

yaqindir.  Adabiyotlarda  sporalar  hujayra  qobig‘ida  ortiqcha  ishlab  chiqarilgan 

 

13 



oqsildan hosil bo‘ladi degan nazariyalar mavjud. 

Bu  oqsil  kristalli  endotoksinlar  hashoratlar  uchun  o‘ta  zaharliligi  bilan 

ahamiyat  kasb  etib  kelmoqda.  Bacillus thuringiensis  bakteriyasining  shtammlari 

hashoratlarga  ta’sir  virulentligiga  va  o‘ziga  xos  xususiyatlariga  ko‘ra  bir-biridan 

farq qiladi.  Bacillus thuringiensis bakteriyasi kulturalari N-antigenligi bo‘yicha bir 

nechta serotiplarga birlashtirilgan [Barjac, Bonnefoi,1968, Afrikayan 1975 ]. 




Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin