xususiyatlari izchillik bilan o‘rganib chiqilgan.
β-ekzotoksin hujayra o‘sishi
jarayonida kulturaning suyuq ozuqa muhitiga chiqadi.
β-ekzotoksin o‘z tabiatiga
ko‘ra adenin nukleozidi bilan fosfor kislotasining birikishidan hosil bo‘lgan
birikmadir. Uning ta’sirida ATF biosintezi susayadi va oqibatda batamom
to‘xtaydi, nukleazalar va DNK-RNK-polimerazalari orasidagi bog‘liqlik buziladi,
oqibatda RNK sintezi to‘xtaydi. Toksin keng miqyosdagi xasharotlarga ta’sir etadi
va ularning dastlabki yoshdagilariga juda faol ta’sir ko‘rsatadi.
Bac.thuringiensis bakteriyalari ishlab chiqargan toksinlarini boshqa toksinlar
bilan taqqoslaganimizda uning ta’siri sekin boradi, xuddi qonuniyatdagidek
xasharotning bir bosqich rivojlanishdan ikkinchisiga o‘tishi davomida ta’sir etib
boradi. Subletal miqdori ko‘pgina xasharotlarning to‘liq bosqichiga: tuxum-
lichinka-gumbak-qo‘ng‘iz kapalaklarda ich buzilishini keltirib chiqaradi.
Xasharotlarning rivojlanish bosqichlarini kuzatganimizda,
β-ekzotoksin ular uchun
mutagen hisoblanadi, ya’ni genetik apparatlarini o‘zgarishiga olib keladi. Ularning
keyingi avlodlarida har xil salbiy holatlar kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: