1-шова (М-01 шакл)



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/25
tarix14.03.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#53754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
mikrobiologik preparatlarning za

 

1-BOB. ADABIYOTLAR SHARHI 

1.1. BACILLUS THURINGIENSIS BAKTERIYASI VA UNING 

IMKONIYATLARI  

Tibbiy  ahamiyatga  ega  bakterial  preparatlardan  xasharotlarga  qarshi 

kurashishda  foydalanish  o‘tgan  asrning  etmishinchi  yillaridan  boshlab  rivojlana 

boshlagan  edi.  Bunda  asosiy  e’tibor  yuqumli, xavfli  va  o‘ta xavfli kasalliklarning 

tashuvchilari  bo‘lgan  qon  so‘ruvchi  xasharotlar  va  mayda  kemiruvchilarga 

qaratildi. 

SHu  bilan  bog‘liq  holatda  dastlabki,  tadqiqotlar  natijasida  qon  so‘ruvchi 

xasharotlarga  qarshi  kurashish  uchun  Bacillus thuringiensis var.  israelensis 

(Bacillus thuringiensisi)  bakteriyasidan  keng  ko‘lamda  foydalanish  mumkinligi 

aniqlangan.  Xuddi  shu  maqsadda  Bacillus thuringiensis (B.t.) bakteriyasining 



quyidagi  serotiplardan  ham  foydalanish  istiqbollari  ko‘rsatib  berilgan: 

 




B.t.israelensis  [Goldberg L. et all., 1977], B.t.darmstadensis  [Padua L.E. et all., 

1980], B.t.kyushuensis [Ohba M and Aizawa K., 1979], B.t.morrisoni [Padua L.E. 

et all., 1984], B.t.fukuokaensis  [Ohba M and Aizawa K., 1990], B.t.medellin 

[Orduz S. et all., 1992],  B.t.canadensis, B.t.shandongiensis [Ishi T and Ohba M., 

1993],  B.t.amagiensis  [Ishi T and Ohba M., 1993], B.t.jegathesan  [Seleena P. et 

all., 1995] and B.t.higo [Saitoh H. et all., 1998].  

Larvitsid  biopreparatlar  yaratish  maqsadida  tuproq,  suv,  xasharot  organizmi, 

suv  xasharotlari  organizmi  kabi  turli  xil  manbalardan  larvitsid  faolligi  yuqori 

bo‘lgan  Bacillus thuringiensis bakteriyasi  turlarini  ajratib  olishga  alohida  e’tibor 

beriladi.  Jumladan,  Vector Control Research Centre Pondicherry  (Hindiston) 

bergan  ma’lumotlarga  ko‘ra  B.thuringiensis  bakteriyasining  thompsoni  (H-12) 

serotipi  qon  so‘ruvchi  xasharotlarga  spetsifik  ta’sir  etish  xususiyatiga  ega  bo‘lib, 

tuproqdan ajratib olingan. 

Keyingi  tadqiqotlar  natijasida  Bacillus sphaericis  bakteriyasi  ham  qon 

so‘ruvchi  xasharotlarga  nisbatan  yuqori  larvitsid  faollikka  ega  ekanligi  aniqlandi. 

Bu  kabi  biologik  preparatlarning  afzallik  tomonlari  kimyoviy  insektitsidlarga 

nisbatan tanlab ta’sir etish xususiyati bilan izohlanadi. 

Isroillik  olimlarning  bergan  ma’lumotlariga  ko‘ra  Bacillus thuringiensis var. 



israelensis  bakteriyasining  maqsaddan  tashqari  bo‘lgan  foydali  organizmlarga 

ta’siri  20  yil  davomida  o‘rganilib,  ularga  nisbatan  hech  qanday  salbiy  ta’sir 

ko‘rsatmasligi  aniqlangan.  SHuningdek,  ushbu  bakteriya  asosida  tayyorlangan 

mikrobli  preparatlarga  nisbatan  xasharotlarda  moslashuvchanlik  holatlari  qayd 

etilmagan.  Bacillus thuringiensis var.  israelensis  bakteriyasining  to‘rt  xil  tipdagi 

oqsillar  sintez  qilishini  inobatga  oladigan  bo‘lsak,  xasharotlarning  bundan  keyin 

ham  moslashuvchanlik  xususiyatini  namoyon  etishini  basharot  qilib  bo‘lmaydi. 

Xuddi  shu  holatni  Bacillus sphaericus bakteriyasi  asosida  tayyorlanadigan 

mikrobli  preparatlar  misolida  ham  ko‘rish  mumkin.  Har  ikkala  bakteriyaning 

toksinlari  ham  yuqori  darajada  larvitsid  faollik  namoyon  qilishi  bilan  bir  qatorda 



Bacillus sphaericus bakteriyasi asosidagi preparatlarning uzoq vaqt davomida o‘z 

ta’sirini saqlab qolishi bilan ajralib turadi. Ammo, ba’zi bir hollarda qon so‘ruvchi 

 




xasharotlar  populyasiyasida  rezistentlik  hosil  qilishi  Hindiston,  Braziliya  va 

Fransiyada kuzatilgan. 

Bakterial  preparatlarning  asosiy  kamchiligidan  biri  bu  uzoq  vaqt  davomida 

o‘z  ta’sirini  saqlab  qola  olmasligidadir.  Ayniqsa,  Bacillus thuringiensis var. 



israelensis  bakteriyasi  asosidagi  preparatlar  uzoq  vaqt  ta’sir  kuchini  saqlab  qola 

olmaganligi uchun suv havzalariga qayta ishlov berish talab etiladi. 




Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin