WI-MAX TEXNOLOGIYASI: GLOBAL TARMOQQA CHIQISHNING EVOLYUTSIYASI So’nggi yillarda tarmoq texnologiyalarining rivojlanishi personal
kompyuterlarning yagona tarmoqqa ulash, hamda umumjahon Internet tarmog’iga
chiqish imkoniyati usullarini oshirib yubordi.
Hozirgi kunda deyarli barcha turdagi kompyuterlarda tarmoqqa ulanish yohud
internetga chqish imkoniyati mavjud. Keling ana shu hozirgi kunda deyarli barcha
foydalanuvchilar foydalana olishi mumkin bo’lgan tarmoqqa ulanish usullarini
biroz ko’rib chiqamiz.
1. Dial-Up. Telefon liniyasi orqali kommutatsiyalangan ulanish. Ushbu
texnologiya ulanishdagi oddiylik sababli yaratilganidan buyon ishlatilib
kelinmoqda. Ikki modem bir-biri bilan telefon liniyasini ishlatgan holda aloqa
o’rnatadi. Oddiy holda ulanish birga-bir amalga oshiriladi hamda ma’lumot uzatish
uchun barcha mavjud ovoz diapazoni chastotasidan foydalanadi. Lekin ushbu
texnologiyaning ko’pgina kamchiliklari mavjud. Masalan: ma’lumot uzatishdagi
past tezlik, tashqi ta’sir tufayli yuborilayotgan paketlarning qismi yo’qolish
extimoli, ulanishning uzilib qolish extimoli hamda ulanish davrida telefon
liniyasining butunlay band bo’lishi.
2. Keng polosali ma’lumot uzatish texnologiyasi xDSL. Ushbu texnologiya
statsionar obyektlar uchun juda ham maqbuldir. Mavjud telefon tarmog’idan
foydalangan holda bemalol ushbu texnologiya orqali yuqori tezlikka ega bo’lish
mumkin, lekin liniyalar mavjud bo’lmasachi? Yangi liniyasini foydalanuvchi
manziligacha olib borish, juda ham qimmatga tushishi aniq. Uning ustiga ushbu
texnologiyani har bir yangi foydalanuvchiga o’rnatish uchun ham foydalanuvchi
ham uzatuvchi liniyasi tomonda ma’lum o’rnatish va tuzatishlar amalga oshirilishi
lozim.
3. Ethernet texnologiyasi. Lokal tarmoq texnologiyasining eng keng tarqalgan
turi bo’lib, 10 Mbit/s, 100 Mbit/s (Fast Ethernet), 1 Gbit/s hattoki 10 Gbit/s tezlikbilan ulanib turish imkoniyatiga egadir. Ethernet ning yutug’i tarmoq strukturasi
tanlanishidagi qulayligidir. Ammo ushbu texnologiya kamchiligi, bu uning ma’lum
masofadagina ishlay olishidir. Agarda vitaya para kabelini oladigan bo’lsak, u
holda tarmoq masofasi 100 metrdan oshmasligi aniq. Uzaytirish uchun esa har 100
metrda qurilma qo’yishga to’g’ri keladi yoki optik toladan foydalanish zarur.
Lekin qo’shni binolarni bir tarmoqda jamlash uchun bu juda qiyin hamda
qimmatga tushishi
mumkin.
4. Wi-Fi texnologiyasi orqali ma’lumot uzatish. Ushbu texnologiya Wi-Fi
(802.11a/b/g/n standartida) ishlab, bino ichida 45 metr uzoqlikda, 100 metr ochiq
joyda bemalol katta tezlikda stabil tarmoqqa ulanish imkonini beradi. Lekin katta
hududda sifatli tezlikni ta’minlash uchun esa juda ham ko’p Wi-Fi nuqtalari
o’rnatilishi lozim bo’ladi. Bu esa texnologiyaga bo’lgan harajatni oshishiga olib
keladi. Muammolardan yana biri shuki, abonent, yani foydalanuvchini bir
nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko’chganida, ma’lumot almashinish hamda ulanishda
to’xtovlar vujudga kelishidir.
Yuqorida ko’rib chiqilgan tarmoq texnologiyalari bugungi kunda qo’yilayotgan
yuqori o’tkazuvchanlik, ishonchlilik hamda mobillik darajalarini o’zida qizman
yohud to’liq aks ettira olgani bilan, narh bo’yicha bugungi operatorlarga to’g’ri
kelmaydi. Aynan ushbu muammoni simsiz texnologiyaning yangi avlodi bo’lmish
IEEE 802.16 standartli Wi-MAX (Worldwide Interoperability for Microwave Access) texnologiyasi hal qilishi mumkin.
Wi-MAX texnologiyasini kengaytirish va rivojlantirish maqsadida 1999-yilda Wi-
MAX-forumi ochildi va Wi-MAX texnologiyasiga quyidagi talablar qo’yildi:
1. Katta bo’lmagan hududlarga shu qatori ajratilgan rayonlar, chetki
(chetlashtirilgan) obyektlar Wi-MAX texnologiyasi asosida kommunikatsiya va
axborot xizmatlaridan foydalanishga ega bo’lishi, rivojlanayotgan davlatlardagi 1,5
million aholini shu hisob ichidan 100 ta odam ATs larga ulanmagan va yirik
shaharlar bilan simli aloqa orqali axborot, ma’lumot almashish sharoitiga ega
bo’lmagan aholini kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan foydalanish
imkoniyatini yaratish. 2. Wi-MAX texnologiyasi orqali yer kurrasidagi aholining teng yarmini
kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan foydalanishga erishish.
Wi-MAX texnologiyasining asosiy maqsadlaridan biri universal simsiz aloqa
orqali katta hududlarga ishonchli, sifatli kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan
foydalanish sharoitini yaratish bo’ldi. Bu orqali Wi-MAX texnologiyasi quyidagi
farqlarga ega bo’ldi:
1. Simli aloqa va yo’ldoshli aloqa tizimlaridagi servis-provayderlarga iqtisodiy
tomondan effektivligini hal etish va bu orqali faqat potentsial abonentlarga
erishibgina qolmay, balki bir joydan foydalanuvchi, (statsionar) abonentlar sonini
oshirish bilan birga ularga kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan foydalanishni
sifatli yo’lga qo’yish.
2. Simsiz aloqa tizimlari boshqa simli texnologiyalar bilan moslashuvchanligi.
Bu orqali simsiz aloqa maydonini kengaytirish (masshtablashtirish) imkoniyati
paydo bo’ladi.
3. O’rnatish, ulanish sodda arxitekturasi bu orqali unga ketadigan xarajatlarni
kamaytirilishiga olib keladi.
4. Radioaloqa tizimlarida aloqa qamrab olish hududi uzoqligi muhim
hisoblanadi. Hozirgi davrda yuqori maydonlarga mo’ljallangan ko’p simsiz aloqa
tarmoqlarida obyekt va tarmoq oralig’ida to’g’ridan-to’g’ri ko’rinishga ega bo’lishi
kerak.
5. Wi-MAX texnologiyasi tarkibida IP protokollari bo’lganligi sababli lokal va
korporativ tarmoqlarda qo’llanilishi mumkin.