Yugurish estafetasi O'yinchilar uch jamoaga bo'linib, maydonda saflanadilar. Maydonning bir tomoniga start chizig'i chiziladi. Undan 15-20 m nariga orasi 1,5 m dan qilib uchta chambarak qo'yiladi.
O'qituvchining buyrug'i berilgach, jamoaning birinchi o'yinchilari startdan yugurib chiqadilar, ro'paralaridagi chambaraklarni aylanib, so'ng o'ng tomondan orqalariga qaytadilar va startda turgan navbatdagi o'yinchilarning kaftlariga qo'llarini tekki- zadilar va o'z joylariga borib turadilar. Navbatdagi o'yinchilar ham o'yinni xuddi shu tarzda bajaradi- lar. O'yin 2-3 marta takrorlanadi. Yugurishni boshqalarga nisbatan oldinroq bajargan jamoa o'yinda g'alaba qiladi.
O’kuvchilarni ragbatlantirish,yutuq va kamchiliklarini ko’rsatib o’tish,xayrlashish.
21-22 dars Mavzu: Harakatli o’yinlari. a) Saf mashqlari; b) „Qal'a himoyasi" a) URM bajarish; b) “Nishonga aniq ot”, “Kim uzoqqa uloqtiradi”, “Ikki yaxob”, “Chamalash”harakatli o’yinlari; v) Estafetali yugurish (6x30).
Darsning maqsadi: 1. O’quvchilarga milliy va sport o’yinlarni o’rgatish. O’quvchilarni voleybol o’yiniga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, vatanparvarlik, mexnatsevarlik ruxida tarbiyalash maxoratlarini oshirib borish.
O’tish joyi: Sport maydoni,Sport zal.
Kerakli jixozlar: Bo’r,hushtak,sekundomer. To’plar.