1-sinf o'qish kitobi tahlili reja: 1-sinf o'qish kitobi tahlili 1-sinf o’qish kitobining tuzilishi



Yüklə 24,62 Kb.
səhifə6/7
tarix17.05.2022
ölçüsü24,62 Kb.
#58298
1   2   3   4   5   6   7
1-SINF O\'QISH KITOBI TAHLILI

Amir Temur o’gitlari:

  1. Do’stlik haqida:

  • Yaxshini yomon kunda sina.

  • Sodiq va vafodor do’st o’z so’stini ranjitmaydi.

  • Birliksiz kuch bo’lmas.

2. Aql va adolat haqida:

  • Kuch – adolatda.

  • Oq bo’lsang, ont ichma.

  • Qo’rqmasang yov qochar.

  • Boshga qilich kelsa-da, rost so’zla.

  • Boshqotirma
    Ushbu rasmlardan foydalanib boshqotirmani yechsangiz, maqolning davomini o’qiysiz.

    Aql yoshda emas - ...





Topishmoqlar

Bir-biriga suyalar.

Qimir etmas yil, asr,

Bag’rida xazina, sir.

(tog’lar)

* * *


  • Oyna emas, jimirlar,

Tek turolmas, qimirlar.

1-sinf o’qish darslaridagi tayyorgarlik ishlarining vazifalari:



  1. O’quvchilarning asarda aks ettirilgan voqea – hodisalar haqidagi tasavvurlarini boyitish, matnni ongli idrok qilishga ta’sir etadigan yangi ma’lumotlar berish, badiiy asarda tasvirlangan voqea-hodisalarni o’quvchilar o’z hayotlarida kuzatganlari bilan bog’lay olishlariga sharoit yaratish. Buning uchun qo’llanmaning metodik maslahatlar qismidan foydalanish yaxshi samara beradi.

  2. Yozuvchining hayoti bilan elementlar tarzida tanishtirish, yozuvchiga, uning hayotiga, ijodiga qiziqish uyg’otish.

  3. O’quvchilarni asarni emotsional idrok etishga tayyorlash.

  4. Asar mazmunini tushunishga murakkablik qiladigan so’zlarning lug’aviy ma’nolarini tushuntirishdan iborat.

Tayyorgarlik ishlarining shakllari xilma-xil bo’lib, o’qituvchi asar mazmuni va shakliga qarab ish turini tanlaydi. Tayyorgarlik davri uchun 2-5 daqiqa ajratiladi.

EKSKURSIYA.

Bu ish turidan tabiat tasviriga bag’ishlangan yoki ishlab chiqarish, qurilish, shahar, qishloq hayotiga doir mavzular o’rganilganda foydalanish mumkin. Chunonchi “ Ulkan hovuz “, “Bahor”, “Navro’z bayrami”, “Kompyuter”,”Qish”, Amir Temur, Alisher Navoiyga bag’ishlangan materiallarni o’rganishdan oldin ekskursiya qilish maqsadga muvofiq. Ekskursiya uchun reja beriladi va matn o’rganilishidan kamida bir hafta oldin o’quvchilarga e’lon qilinadi.

Film namoyish qilish.

Ba’zi matnlarni o’rganishdan oldin o’quv materialiga doir film namoyish qilinsa, o’quvchilarning asarni idrok qilishlari faollashadi. Hozir o’quv filmlaridan ham, videofilmlardan ham foydalansa bo’ladi.

O’qituvchi hikoyasi.

Asar muallifi haqida ma’lumot berishda u eng samarali metod sanaladi. Biror shoirning she’rini ifodali o’qish, hikoya, ertakni ta’sirli bayon etishda uning bolalar uchun yozgan asarlari namoyish etilib, ular haqida qisqacha ma’lumot berilsa, o’quvchilarning asarni o’qishga qiziqishlari ortadi. Tayyorgarlik davridan so’ng 1- bosqich amalga oshiriladi. Bu bosqichning asosiy vazifasi matnni yaxlit idrok etish jarayonida asarning aniq mazmuni bilan, uning syujet chizig’i bilan tanishtirish, asarning emotsional ta’sirini aniqlashdir.


Yüklə 24,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin