Beshinchi bo’lim – “Xalq o’giti – baxt kaliti” deb nomlanib, xalq og’zaki ijodini o’rganishga bag’ishlangan, bunda 1-sinf o’quvchilarining yoshi, o’zlashtirish xususiyatlariga mos materiallar tanlangan. Asosiy maqsad o’quvchilarda umuminsoniy sifatlarni, qadriyatlarni tarbiyalashga qaratilgan.
Oltinchi bo’lim –“Odob – insonga husn”. Bu bo’limda insonning eng go’zal fazilatlaridan biri – odoblilik haqida gap boradi. Bu bo’limni o’rganish orqali o’quvchilar kundalik hayotidagi insoniy munosabatlarni, undagi axloq normalarini, umuminsoniy sifatlarni bilib o’zlashtirib oladilar.