O’qituvchi o’quvchilarga umumiy taassurotlarini aytishni talab qiladigan savollar beradi.
Hikoyaning qaysi o’rni sizga yoqdi?
Qahramonlardan qaysi biri sizga ayniqsa yoqdi?
Siz asar qahramoni o’rnida bo’lishni istarmidingiz?
Hikoya o’qilganda siz qaysi o’rinda juda
xursand bo’ldingiz?
kabi savollar beriladi.
O’quvchilarning borliq, tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlari, bilimlarini ma’lum bir tizimga solish va boyitish, dunyoqarashini shakllantirish kabi vazifalar bajariladi.
O’quvchilarning o’qish tezligini oshirish.
O’qituvchi 1-sinfning 2-yarim yilligida o’quvchining bir daqiqada 20-25 so’zni o’qiy olishiga erishishi kerak. Bu o’qish tezligi o’quvchilarning asar mazmunini o’zlashtirishini ta’minlashi lozim. Lekin o’qish tezligi har bir o’quvchining og’zaki nutq tempiga ham bog’liq bo’ladi. Bu o’qituvchining diqqat markazida bo’lishi lozim. Sekin gapiradigan bola ravon, to’g’ri o’qisa-yu, bir daqiqada 22-23 so’zni o’qisa, uni o’qish talabini bajarmadi deb bo’lmaydi. O’quvchilarning o’qish sur’atini tezlashtirish uchun turli topshiriqlar asosida o’qishni mashq qilish, o’quvchida o’qishga qiziqish uyg’otish, rollarga bo’lib o’qitish, dialogli matnlarni avval tez o’qiydigan o’quvchiga, so’ng sekin o’qiydigan o’quvchiga taqsimlash kabi usullardan foydalanish tavsiya etiladi
Boshqotirma
“Qish” she’ridagi so’zlardan foydalanib, katakchalarni to’ldiring.
Adabiyotlar:
“O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Barkamol avlod O’zbikiston taraqqiyotining poydevori”- Toshkent: Sharq, 1997-65b.
Karimov I.A “Yuksak m’naviyat yingilmas kuch “. Toshkent: O’zbekiston 2008. 202 b.