Ko‘pgina takrorlanuvchi elementlarga mos algoritmga dastur kodini yozish uchun quyidagi buyruqlar yordamida hosil qilinadigan siklik strukturalarni ishlatishga to‘g‘ri keladi.
for buyrug‘i
for buyrug‘i - sikllarni tashkil qilishning eng umumiy (ommaviy) usulidir. U quyidagi ko‘rinishga ega:
for ( 1-ifoda; 2-ifoda; 3-ifoda ) {tana}.
1-ifoda odatda siklni boshqaruvchi o‘zgaruvchining boshlang‘ich qiymatini o‘rnatish uchun ishlatiladi. 2-ifoda sikl tanasi bajarilishi kerak bo‘lgan shartni ifodalaydi. 3-ifoda sikl tanasining bajarilganidan keyin o‘zgaruvchining o‘zgarishini boshqaradi.
for buyrug‘ining bajarilish sxemasi quyidagicha:
1-ifoda hisoblanadi.
2-ifoda hisoblanadi.
Agar 2-ifoda noldan farqi (rost) bo‘lsa, u holda sikl tanasi bajariladi. So‘ngra 2-ifoda bajariladi va boshqarish 2-punktga uzatiladi. Agar 2-ifodaning qiymati nol (yolg‘on) bo‘lsa, u holda boshqarish for buyrug‘idan keyingi buyruqqa uzatiladi.
Shu narsa ahamiyatliki, shartni tekshirish har safar sikl boshida bajariladi. Bu narsa esa bajarish sharti boshidayoq nolga teng bo‘lganda sikl tanasining biror marta ham bajarilmasligini bildiradi.
Misol:
int i, b;
for (i=1; i<10; i++)
{
b=i*i;
}
Bu misolda 1 dan 9 gacha bo‘lgan sonlarning kvadratlari hisoblanadi.
Ba’zi hollarda siklni boshqarish uchun bir nechta o‘garuvchilarni ishlatishning imkoniyati mavjudligi for buyrug‘ining moslashuvchanligini oshiradi.
Misol:
int top, bot;
char string[100], temp;
for ( top=0, bot=100 ; top < bot ; top++, bot--)
{
temp=string[top];
string[bot]=temp;
}
Belgilar satrini teskari tartibda yozuvchi bu misolda siklni boshqarish uchun ikkita top va bot o‘zgaruvchilari ishlatiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, bu erda 1- va 2- ifodalar o‘rnida ketma-ket bajariluvchi va vergul bilan adratilib yozilgan bir nechta ifodalar ishlatilgan.
For buyrug‘ini ishlatishning boshqa varianti cheksiz sikl tashkil qilishdir. Bunday siklni tashkil etish uchun bo‘sh shartli ifodalarni ishlatish mumkin. Sikldan chiqish uchun esa odatda qo‘shimcha shartlar yoki break buyrug‘i ishlatiladi (bu buyruq keyinroq ko‘riladi).
Misol:
for (;;)
{
...
... break;
...
}
C tilining sintaksisiga binoan buyruq ham, for buyrug‘ining tanasi ham bo‘sh bo‘lishi mumkin. Buyruqning shakli izlashlarni tashkil etishda qo‘llanilishi mumkin.
Misol:
for (i=0; t[i]<10 ; i++);
Bu misolda sikl o‘zgaruvchisi bo‘lgan i o‘zgaruvchi qiymati 10 dan kichik bo‘lmagan t massiv birinchi elementi nomerining qiymatini qabul qiladi.