5) avval o‘tkazilgan soliq auditi chog‘ida soliq organiga ma’lum bo‘lmagan yangi holatlar aniqlangan soliq to‘lovchilarda.
Tahlika omillari tahlili natijalari asosida tanlab olingan soliq toʼlovchilarda soliq auditi barcha soliq va yigʼimlar boʼyicha, shuningdek bitta yoki bir nechta soliqlar boʼyicha oʼtkazilishi mumkin. Bu toʼgʼrisida buyruqda koʼrsatiladi. Zarurat tugʼilganda, soliq auditini oʼtkazadigan mansabdor shaxslar, soliq auditini tayinlagan soliq organining buyrugʼiga binoan, tekshirilayotgan soliq toʼlovchi faoliyati bilan bevosita bogʼliq boʼlgan boshqa soliq toʼlovchining faoliyatida sayyor soliq tekshiruvi oʼtkazish tashabbusi bilan chiqishga haqli.
Soliq auditi o'tkazilishi to'g'risida xabardor qilish (O'z. Res. soliq kodeksi 140-modda.)
Soliq organlari soliq auditi oʼtkazishga nomzod boʼlgan soliq toʼlovchilarga kamida oʼttiz kalendar kun oldin soliq auditi oʼtkazilishi toʼgʼrisida xabarnoma yuboradi. Lekin, soliqlarni toʼlashdan boʼyin tovlash belgilari mavjud boʼlgan hollarda, soliq organi Davlat soliq qoʼmitasi bilan kelishgan holda soliq auditini xabarnoma yubormasdan amalga oshirish huquqiga ega.
Soliq auditini tayinlash Soliq auditi soliq to‘lovchilarni oldindan xabarnoma yuborish orqali amalga oshiriladi, bundan "Jinoyat ishi doirasida soliq to‘lovchining moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish etish O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi va Soliq kodeksi talablari asosida o'tkazilishi" mustasnodir. Agar soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash belgilari mavjud bo‘lsa, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishgan holda soliq to‘lovchini oldindan xabardor qilmasdan soliq auditini boshlaydi. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash belgilari Soliq kodeksining 223-moddasi (Soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish))ga asosan aniqlanadi.