1. Soliq tekshiruvlari. Soliq auditi


Soliq auditini o'tkazish davri va muddati (O'z. Res. soliq kodeksi 141-modda.)



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə5/5
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#119090
1   2   3   4   5
Soliq nazoratining mohiyati va uni tashkil etishning huquqiy asoslari1

Soliq auditini o'tkazish davri va muddati (O'z. Res. soliq kodeksi 141-modda.)


Soliq kodeksida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʼlsa, soliq auditi faqat daʼvo qilish muddati oʼtmagan oxirgi soliq auditidan keyingi davrni qamrab olishi mumkin. Yakuniy tekshirishda soliq auditi bevosita tekshiruv yilidan avvalgi uch yildan ortiq davrni qamrab olishi mumkin emas.
Aynan bir xil soliq turi bo'yicha aynan bir davr uchun birdan ortiq soliq auditi o'tkazishga haqli emas. Bundan soliq auditini o'tkazish chog'ida soliq organiga ma'lum bo'lmagan yangi holatlar aniqlangan hollar mustasno. Yangi holatlar aniqlangan taqdirda soliq organi takroriy soliq auditini tayinlashga haqli.
Soliq auditi o'ttiz kundan ortiq davom etishi mumkin emas.
Shuningdek, soliq toʼlovchi tomonidan hujjatlarni taqdim qilish kechiktirilganda, Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida maʼlumot olishda, ekspretiza oʼtkazishda va chet tilida taqdim etilgan hujjatlarni tarjima qilishda tekshirish muddati uzaytirilishi mumkin.
Bunda soliq auditining umumiy muddati olti oydan oshmasligi kerak.
Soliq auditini oʼtkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslarini koʼrsatilgan hududga yoki binoga (bundan turar joylar mustasno) kirishiga toʼsqinlik qilinganda, soliq organi bankdagi hisobvaraqlar boʼyicha operatsiyalarni toʼxtatib turishga haqli.

Soliq auditi natijalarini ko'rib chiqish va qaror qabul qilish


Soliq auditi tugaganidan keyin oʼn kun ichida soliq toʼlovchi roʼyxatdan oʼtgan joydagi soliq organiga uning natijalari boʼyicha yozma eʼtirozlar yuborishga haqlidir.

Soliq auditi materiallarini koʼrib chiqish paytida, agar soliq qonunchiligi buzilganligi yoki buzilmaganligini tasdiqlash uchun qoʼshimcha dalillar olish zarur boʼlsa, soliq organining rahbari (rahbar oʼrinbosari) bir oydan oshmagan muddatda qoʼshimcha soliq nazorati tadbirlarini oʼtkazish toʼgʼrisida qaror qabul qilishga haqlidir.


Soliq auditi materiallarini koʼrib chiqish muddati qoʼshimcha tadbirlarni qoʼllash davrida toʼxtatib turiladi.
Soliq auditi dalolatnomasini koʼrib chiqish natijalari boʼyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror qabul qilinadi:
  • soliqlar va penyalarni qoʼshimcha undirish yoki buni rad etish;

  • b) soliq huquqbuzarligi uchun soliq toʼlovchini javobgarlikka tortish yoki bundan voz kechish.
    Soliq toʼlovchi oʼttiz kun ichida ushbu qaror ustidan sudgacha hal qilish tartibida yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilish huquqiga ega.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin