Yirik korxonalar uchun axborot texnologiyalarini qoʻllash integratsiyal ashgan axborot tizimlarini yaratish yoʻli bilan, quyidagi kompon entlar tarkibida amalga oshiriladi:
• korxonani boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi (KBAAT);
• avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi (ALT);
• ishlab chíqarishni texnologik tayyorlashning avtomatlashtirilgan tizimi (ICHTTAT); Korxonaning integratsiyalashgan axborot tizimi korxona ichida ham, tashqi muhit bilan ham (axborot yetkazib beruvchilar, iste'molchilar, banklar, birjalar va boshqalar) keng axborot almashuvini ta'minlaydi. Zamonaviy axborot texnologiyalarini kichik va oʻrta tashkilot-lar, hududiy boshqarish organlari, transport, qurilish, savdo va boshqa tashkilotlar faoliyatini avtomatlashtirisb uchun qoʻllash «elektron kontoralar» (ofislar), ya'ni alohida avtomatlashtirilgan ishchi oʻrinlarini birlashtiruvchi taqsimlangan ma'lum ot lar bazasi va lokal hisoblash tarmoqdari negizida axborot tizimlarini amalga oshiradi. Axborot texnologiyalarini hududiy-ma'muriy boshqarish organlariga tadbiq etish hududiy axborot_ tizimlari (HAT) ga olib keladi. Ular mahalliy davlat organlari va boshqaruvning tablil va boshqarish funksiyalarini ta'minlash uchun yaratiladi. Hududiy tizim faoliyati mintaqada boshqaruv ishini sifatli bajarishga, hisobotni shakllantirishga, davlat va mahalliy xoʻjalik organlariga tezkor ma'lumotlarni berishga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: |