5. Qonuniy vakil quyidagi xuquqlarga ega: Tarbiyalanuvchining huquq va qonuniy manfaatini himoya qilish;
DMTTning ustavi bilan tanishish;
DMTTning turli tadbirlarida farzandi bilan birgalikda ishtirok etish (bayram ertaliklari, ko‘riklar, ko‘ngilochar soatlar, mashg‘ulotlar va h.k), mavsumiy cheklov(karantin) va havfsizlik choralari kuchuytirilgan davrdan tashqari;
DMTT faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
DMTT Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash va uning a’zosi bo‘lib saylanish;
DMTTda tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya berish uchun zarur sharoitlar yaratilishini va uning shaxsga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish, bolaga sifatli ta’lim-tarbiya berishni talab qilish;
o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda sababi ko‘rsatilgan xolda yozma bildirgi asosida tarbiyalanuvchini DMTTdan olib ketish;
DMTT rahbariyatini 7 kun oldin xabardor qilgan xolda shartnomani muddatidan avval bir taraflama bekor qilish.
Qonuniy vakil qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
6. Qonuniy vakilning majburiyatlari:
mazkur shartnoma talablariga qat’iy rioya qilish;
ota-onalar to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirish;
xodimlar bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, tarbiyalanuvchilar ishtirokisiz zudlik bilan DMTT rahbariyati va Kuzatuv kengashi bilan muammoni hal qilish;
DMTTga joylashtirish uchun tarbiyalanuvchining sog‘lig‘i haqidagi tibbiy xulosa va qonuniy vakili haqidagi ma’lumotlarni (telefon raqamlari, yashash va ish joyi haqida ma’lumotnomalar) taqdim etish;
tarbiyalanuvchi betob bo‘lganda, zudlik bilan DMTT ma’muriyati va tibbiyot xodimiga xabar berish va tarbiyalanuvchi sog‘aygandan so‘ng tibbiy ma’lumotnomani taqdim etish;
tarbiyalanuvchini DMTTda saqlash uchun ota-onalar to‘lovi amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatni DMTTga taqdim etish;
tarbiyalanuvchi DMTTga vaqtincha kelmagan kunlari uchun DMTT rahbariyatiga ariza taqdim etish;
DMTTning barcha xodimlariga, boshqa tarbiyalanuvchilar va ularning qonuniy vakillariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
tarbiyalanuvchining to‘laqonli ovqatlanishini kuzatib borish, uni DMTTga toza va ozoda kiyingan xolda olib kelish;
tarbiyalanuvchining tug‘ilgan kuni va boshqa tadbirlarini nishonlash uchun oziq-ovqat mahsulotlari va pishiriqlarni DMTTga olib kirmaslik;
DMTTga tarbiyalanuvchilarni har qanday qimmatbaho taqinchoqlar, uyali aloqa vositalari va boshqa texnika vositalari bilan olib kirmaslik, ushbu xollarda DMTT ma’muriyati ularning saqlanishiga javobgar bo‘lmaydi;
yashash joyi yoki telefon raqamlari o‘zgargan taqdirda DMTTning tegishli guruh tarbiyachisiga va rahbariyatiga habar berish;
bolani DMTTdan olib ketishni voyaga etmagan yoki begona shaxslarga topshirmaslik;
ertalab bolada kasallik xolatlari kuzatilgan taqdirda DMTTga olib bormasdan shifokor ko‘rigidan o‘tkazish.
Qonuniy vakilning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin.