1. Sotsial psixologiya fanining predmeti va vazifalari



Yüklə 76,2 Kb.
səhifə2/4
tarix27.01.2023
ölçüsü76,2 Kb.
#81269
1   2   3   4
1-mavzu

1-jadval



Yondashuv

Mazmuni

1

Sotsiologik

Sotsial psixologiya asosan ommaviy psixologik jarayonlarni xalqlar psixologiyasi, ommaviy marosimlar, udumlar, rasm-rusmlar, modaning inson ongiga singishi, sotsial xulq-atvorda namoyon bo‘lishini o‘rganishi kerak (Yu.A.Sherkovin, G.P.Predvechniy, R.Pento, M.Gravitts va boshqalar).

2

Psixologik

Shaxsning sotsial psixologik xislatlari, uning turli guruhlarda tutgan o‘rni, mavqei, sotsial ustanovkalar va hokazolarni o‘rganmog‘i lozim (A.V.Petrovskiy, B.F.Parigin, A.G.Asmolov, U.Mak-Dugall va boshqalar).

3

Ham sotsiologik, ham psixologik

Ham ommaviy jarayonlarni, ham shaxsning shu jarayonlardagi xulq-atvorlari motivlarini o‘rganishi kerak.

Masalan, Vladimir Nikolayevich Myasishev 1960-yilda nashr etilgan «Shaxs va nevrozlar» kitobida, sotsial psixologiya shaxslararo o‘zaro ta’sir jarayonida shaxsda paydo bo‘ladigan ruhiy faoliyat xususiyatlarini ham, guruhlarning o‘ziga xos psixologiyasini ham, jamiyatda ruy beradigan jarayonlarning psixologik tomonlarini ham bir vaqtda o‘rganishni taklif etadi.


Amerika sotsial psixologiyasida ham sotsial psixologiyaning mavzu bahsi borasida uzoq tortishuvlar mavjud bo‘lgan. Ularda bu fanning mavzu bahsini sotsiologiya yoki psixologiya fani ichidan qidirish (intradistsiplinar yondashuv) yoki ikkala fan oralig‘idan qidirish hollarini kuzatishimiz mumkin. Lekin bu sohadagi tortishuvlar qanchalik bo‘lmasin, baribir, G.M.Andreyevaning obrazli iborasiga ko‘ra, uning «ota-onasi» sotsiologiya bilan psixologiya ekanligini tan olishi kerak.
Bu boradagi aniq fikrni fransuz olimlari R.Pento va M.Gravittslar ham ta’kidlashgan: «Shu paytgacha shaxs va jamiyat muammolari sohasida ikki xil yondashuv bo‘lib kelgan edi: psixologiya inson tabiatini, uning psixikasini, sotsiologiya esa, jamiyat tabiatini, psixikasini o‘rganib keldi. Sotsial psixologiya paydo bo‘ldiki, u insonning jamiyatda munosabatining psixologik tomonini o‘rganmoqda».
Umumiy holda, fanning predmetini sotsial psixologiya odamlarning jamiyatda birgalikdagi ish faoliyatining natijasida hosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarni tushuntirib beruvchi fandir2 deb ta’rif berishimiz mumkin.
Demak, har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning sotsial normalariga rioya qilgan holda o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan o‘rnatadigan murakkab o‘zaro munosabatlari va ularning ta’sirida hosil bo‘ladigan hodisalarning psixologik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish sotsial psixologiyaning muhim tomonidir. Bundan kelib chiqadigan umumiy ta’riflarga, sotsial psixologiya, sotsial muloqotning murakkab shakl va mexanizmlarini o‘rganuvchi fandir.



Yüklə 76,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin