Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi guruh talabasi ning



Yüklə 49,97 Kb.
səhifə1/8
tarix26.09.2023
ölçüsü49,97 Kb.
#149255
  1   2   3   4   5   6   7   8
Morfologiya. ERKINJON


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI


AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
OʻZBEK TILI VA ADABIYOTI YOʻNALISHI
_________guruh talabasi ___________________________________________ning
__________________________________” fanidan tayyorlagan


KURS ISHI


Mavzu: Morfologiya. Soʻzning grammatik ma’nosi.
Topshirdi: __________________
Qabul qildi: __________________


Toshkent – 2023


Mundarija
Kirish………………………………………………………………………………3
I BOB Leksikologiya tuzilishi……………….…………………………………....5
1.1 Leksikologiya oʻrganish predmeti, vazifalari ……………………...…………..5
1.2 Soʻzdagi Grammatik ma’no turlari haqida ...……………….....……………...13
II BOB Grammatik ma’no va shakl turlarining tuzilishi……………..………22
2.1 Grammatik ma’nо ifоdalash usullari ……..…………………………………..22
2.2 Grammatik shakllarning tuzilishiga koʻra turlari .…..………………………..28
Xulosa…………………………………………………………………………….30
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………32

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Morfologiya soʻz turkumlari, ularga xos grammatik maʼnolarni, har bir turkumga xos grammatik kategoriyalar, bu kategoriyalarni yuzaga keltiruvchi grammatik shakl va grammatik maʼnolar va shahrik.ni oʻrganadi. Til tizimdan iborat boʻlganidek, uning morfologiyasi ham oʻziga xos tizimni tashkil etadi. Oʻz navbatida, morfologik tizim ham oʻziga xos kichik tizimlardan tashkil topadi. Ulardan har birining mohiyati yoritilishi bilan, tilning morfologiyasi yaxlit holda, tizim sifatida oʻrganiladi.
Har bir soʻz turkumiga xos ichki tizim (tizimcha)larni shu turkumga xos morfologik kategoriyalar tashkil etadi. Morfologik kategoriyalar soʻz turkumiga xos maʼlum bir hodisaga oid umumiy va xususiy maʼnolar va bu maʼnolarni ifodalovchi soʻz shakllari birligidan iborat boʻladi. Ana shu soʻz shakllari va ularga xos umumiy va xususiy maʼnolar yoritilishi bilan muayyan morfologik kategoriyalarning mohiyati belgilanadi.
Boshqacha aytganda, morfologik tizim ichidagi ichki tizimlardan birining mohiyati belgilanadi. Masalan, feʼlning zamon kategori-yasi feʼl morfologiyasida alohida tizimni tashkil etadi. Shuning uchun feʼlning zamonlariga nisbatan "feʼl zamonlari tizimi" degan ibora ham qoʻllanadi. Feʼlning zamon kategoriyasi, zamon tizimining mohiyati shundan iboratki, zamon shakllarining barchasi harakatning nutq vaqtiga (nutq momentiga) munosabatini bildiradi. Bu — zamon shakllarining barchasi uchun umumiy boʻlgan xususiyat.

Yüklə 49,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin