1. Soʻz tarkibini oʻrganishda leksik mashqlarni tashkil etish esse yozish


Ot soʻz turkumini oʻrganishda qoʻllanadigan koʻrgazmalar Metodlarni yoritish



Yüklə 486,08 Kb.
səhifə6/8
tarix21.10.2023
ölçüsü486,08 Kb.
#159181
1   2   3   4   5   6   7   8
1. Soʻz tarkibini oʻrganishda leksik mashqlarni tashkil etish es-fayllar.org

6. Ot soʻz turkumini oʻrganishda qoʻllanadigan koʻrgazmalar Metodlarni yoritish
3-sinfda “Otlar son” mavzusi, ya’ni otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarda;
1)birlik va ko‘plikda qo‘llanilgan otlani ma’nosi va qo‘shimcha orqali farqlash.
2)birlikdagi otdan ko‘plik sondagi ot va aksincha, ko‘plikdagi otdan birlik sondagi ot hosil qilish.
3)gapda so‘zlarning bog‘lanishini hisobga olgan holda, otlardan nutqda to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi. Buning uchun bir predmetni va shunday bir necha predmetni bildiradigan otlar taqqoslanadi: Qalam-qalamlar, nok-noklar kabi. Suxbat asosida nok so‘zi nechta (1 ta) predmetni va noklar so‘zi nechta (2 va undan ortiq) predmetni bildirishni aniqlanadi. (boshqa so‘zlar bilan ham shunday ashlanadi) Oddiygina xulosa chiqariladi va umumlashtiriladi; agar otlar bir predmetni bildirsa birlikda, 2 va undan ortiq predmetni bidirsa ko‘plikda qo‘llaniladi. Ko‘plikdagi otni yasash uchun birlikdagi otga -lar qo‘shimchasi qo‘llaniladi. Birlikdagi otlar kim? Yoki nima? So‘rog‘iga, ko‘plikdagi otlar esa kimlar? Yoki nimalar? So‘rog‘iga javob bo‘ladi.
Bu sinf o‘quvchilariga faqat birlikda qo‘laniladigan otlar, birlik shaklida qo‘llangan armiya, qo‘shin, xalq kabi otlar ko‘plik ma’nosini anglatadigan ma’nosi maxsus tushuntirilmaydi. Agar o‘quvchilar bu haqda savol bersalar, sodda shaklda tushuntirish mumkin.
Otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanilishini kuzatish aslida so‘z formasi ustida ishlashning boshlang‘ich bosqich hisoblanadi. Bunda o‘quvchilar otlarni ko‘plik qo‘shimchasi bilan o‘zgartirish, ya’ni otga forma yasovchi qo‘shimcha qo‘shish bilan so‘zning leksik ma’nosi o‘zgarmasligiga ishonch hosil qiladilar.
“Otlarda egalik qo‘shimchalari” mavzusi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun murakkab hisoblanadi. Chunki bu mavzu o‘rganulgunga qadar, bolalar “shaxs” tushunchasi bilan xali tanishtirilmagan, kishilik olmoshlari hali o‘rganmagan bo‘ladilar. O‘quvchilarga egalik qo‘shimchasi predmet birlik va ko‘plikdagi 3 shaxsdan biriga tegishli ekanini bildirishini tushuntirish qiyin. Shularni hisobga olib, o‘quvchilarni otlarda egalik qo‘shimchalari bilan tanishtirishda o‘qituvchi ishni sarlavhadagi “Egalik” so‘zining leksik ma’nosini tushuntirishdan boshlashi maqsadga muvofiq: ega bo‘lish, qarashlilik, tegishlilik, oidlilik ma’nolarini bildiradi. Egalik qo‘shimchasi deyiaganda biror narsaga ega bo‘lishni, shu narsa tegishli, shu narsaning egasi ekanini bildiradigan qo‘shimchalar tushuniladi. Otlar egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llaniladi. Otga qo‘shilgan egalik qo‘shimchasi shu ot ifodalangan predmetning kimgadir qarashli ekanini, shu predmetni egasi ekanini bildiradi; kecha o‘qigan kitobim juda qiziqarli ekan. Sening kitobing ham qiziqarlimi? Ra’noning kitobi ham qiziqarli edi.
Kitobim, kitobing, kitobi so‘zlari so‘z tarkibiga ko‘ra taxlil qilinadi va o‘quvchilar kitob-o‘zak, -im, -ing, -i qo‘shimchalari qo‘shimcha ekanini aniqlaydilar.
O‘qituvchi kitobim va kitob so‘zlarini taqqoslashni, -im qo‘shimchasining ma’nosi haqida o‘ylab ko‘rishni topshiradi, muammoli vaziyat yaratadi. Bolalar qo‘shimchaning ma’nosi haqida fikr yuritadi. Ammo kitobim so‘zining ma’nosiga (mening kitobim –kitob meniki) tushunsalar ham, fikrlarini shakllantirib aytib berolmaydilar. O‘qituvchi qisqa tushuntiradi. Tilda 3 ta shaxs mavjud; so‘zlovchi yoki 1-shaxs, tinglovchi yoki 2-shaxs, o‘zga yoki 3-shaxs.
Hozir men sizga so‘zlayapman, tushuntirayapman, demak, men so‘zlovchi, hozir siz meni (tushuntirayotgan mavzuni) tinglayapsiz demak, siz (sen) tinglovchi, hozir tinglashga qatnashmayotganlar ham bor, u (ular) – o‘zga hisoblanadi. Siz otlar birlik va ko‘plik sonda qo‘llanilishini bilasiz.


Yüklə 486,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin