1. Soʻz tarkibini oʻrganishda leksik mashqlarni tashkil etish esse yozish


Ona tili darslarida qoʻllaniladigan samarali metodlar tahlil qilish



Yüklə 486,08 Kb.
səhifə4/8
tarix21.10.2023
ölçüsü486,08 Kb.
#159181
1   2   3   4   5   6   7   8
1. Soʻz tarkibini oʻrganishda leksik mashqlarni tashkil etish es-fayllar.org

4 Ona tili darslarida qoʻllaniladigan samarali metodlar tahlil qilish
Ona tili darslari madsadga ko’ra to’rt tipga ajratiladi: yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash, o’tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish, bilim va malakalarni umumlashtiruvchi, bilim va malakalarni tekshirish darslari.
Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslari ta’lim jarayonining eng ko’p qismini ishg’ol etadi. Bu dars tipining asosiy vazifasi tilning fonetik, leksik, so’z yasash, grammatik tomonlariga oid qonuniyatlarini, orfoepiya, orfografiya, punktuatsiya, uslubiyatga doir qoidalarni o’quvchilarga o’rgatish va ularni datslabki mustahkamlashdir. Yangi bilimlarni o’zlashtirish jarayonida quyidagi vazifalar yechiladi:
-o’rgatilayotgan grammatik bilimlarning asosiy maqsadini anglash, shu bilimlarning nutq faoliyatidagi rolini fahmlash;
-mavzuga oid bilimlarning umumiy qurilishini idrok etish;
-o’rganilgan bilimni qayta xotirlash yo’lini, uni amaliyotda qo’llash usulini egallash.
Yangi bilimlarni o’rgatishda deduksiya va induksiya usulidan foydalaniladi. Hozirgi dastur va darsliklarda yangi bilimni asosan induksiya usuli bilan o’rgatish ko’zda tutilgan. Ma’lumki, deduksiya usulida umumiylikdan xususiylikka qarab boriladi. Induksiya usulida esa xususiylikdan umumiylikka qarab boriladi.
Masalan, 8-sinfda ega va uning ifodalanishini tushuntirish uchun quyidagi gaplar tahlil qilinadi:
Daraxtlar choyxona sahnidagi gulzorga o’xshar edi. Biz quvonchli kunlarga yetib keldik. O’n – beshdan katta. O’qimoq – o’rganmoq. To’g’ri o’zadi, egri to’zadi. Bu gaplar tahlil qilinib, har bir gapning egasi topiladi, ularning qaysi so’z turkumi bilan ifodalangani aytiladi, so’roqlari aniqlanadi. Shu orqali eganing umumiy ta’rifi keltirib chiqariladi.
Yangi materialni tushuntirishda o’quvchilarning oldin o’rgangan bilimlari, malakalariga tayanish o’quv materialini puxta o’zlashtirishga zamin hozirlaydi. O’rgatilayotgan mavzuga aloqador bilimlarni takrorlash yangi bilimlarni ongli idrok etishning asosiy omili hisoblanadi.
Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslari o’z ichida ikki turga bo’linadi: 1.O’tilganlar takrorlangach, yangi o’quv materialini o’rgatish bosqichi boshlanadigan dars. Darsning bu turida o’rgatiladigan grammatik orfografik qoida, ta’riflarning mazmunidan kelib chiqib, mustaqil ish o’tkaziladi, topshiriqning natijasi jamoada tekshiriladi, tahlil qilinadi va unga tayanib o’quv materiali bayon qilinadi.
2.Yangi o’quv materialini o’rgatishdan boshlanadigan dars. Bu dars o’quvchilarning mustaqil faoliyatidan boshlanadi. O’quvchilar bajargan topshiriq va qoidalar ustida suhbat o’tkaziladi. O’quvchi o’quvchilarning xulosalariga, zarur bo’lsa, o’zgarishlar kiritadi va yakuniy xulosa chiqaradi. Keyin mustahkamlashga o’tiladi. O’tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari. Ona tilidan o’rgatilgan bilimlarning puxtaligi, ko’p jihatdan, o’qituvchining takrorlash darslarini tashkil qilishiga bog’liq. Bunday darslarda o’quvchi oldin o’rgatilgan nazariy bilimlarga, grammatik-orfografik qoidalarga takroriy qaytadi. Mashq paytida o’quvchi o’zi o’rgangan qoida asosida faoliyat ko’rsatadi. Takrorlash darslarida oldin idrok etilgan bilimlar qayta tasavvur etiladi. Takrorlash darslari, bir tomondan, turli mashqlar yordamida o’quvchilarda o’rgatilgan materiallar doirasida malaka hosil qilishiga qaratilsa, ikkinchi tomondan, o’quvchilarning bilimlarini aniqlashtirish, kengaytirishga xizmat qiladi.
Takrorlash darslari yangi materialni o’rgatish darslaridan tubdan farq qiladi. Yangi materialni o’rgatish darslarida o’quvchilar anglab yetmagan, ular uchun mavhum bo’lgan til hodisalari ustida o’tkazilsa, takrorlash darslari esa o’quvchilar o’rgatilgan, ammo to’lig’icha o’zlashtirilmagan qonun-qoidalarga tayanadi, o’rganilgan bilimlarga rioya qilib faoliyat ko’rsatadi.
Takrorlash darslarida ko’proq turli-tuman mashqlardan foydalaniladi. O’rgatilgan qonun-qoidalarga oid til dalillari ustida o’quvchilarning faoliyati tashkil etiladi. Bu dars tipining yana bir muhim belgisi o’quvchilarda malaka hosil qilishdir. Takrorlash darsining eng muhim xususiyati uning yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslarining davomi, unga bog’lab tashkil etilishidir.
Bilim va malakalarni umumlashtirish darslari. Bunday darslarda ma’lum mavzu yoki bo’lim bo’yicha o’zlashtirilgan bilimlar qayta tizimga keltiriladi, mavzu yoki bo’lim yuzasidan yakuniy xulosalar chiqariladi. Bunday darslar o’rganilgan bilim, hosil qilingan malakalarni tizimga keltirish, o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning asosiy shakli hisobanadi. Ta’lim jarayonida bilimlar emipirik va tushuncha darajasida umumlashtiriladi. Emipirik umumlashtirishda o’rgatilayotgan hodisaning his qilingan xususiyatlari o’zaro taqqoslanadi, ikkilamchi bilimlar hisobga olinmaydi, o’xshash belgilar umumiy xususiyat sifatida qabul qilinadi.
Tushuncha darajasida umumlashtirishda ma’lum grammatik hodisaning his qilinayotgan konkret belgilari emas, balki uning umumiy xususiyatlari nazarda tutiladi. Bunda asos qilib olingan xususiyat o’rganilgan hodisalarning bir qanchasi uchun mushtarak hisoblanadi.
Bilim va malakalarni tekshirish darslari. Bu dars tipi ona tili ta’limining ajralmas qismi hisoblanadi. Bunday darslarda o’quvchilarning bilim va malakalarini qay darajada egallaganliklari aniqlanadi, o’tilgan mavzular bo’yicha bundan keyin qilinadigan ishlar belgilab olinadi, o’quvchilarga o’z bilimlaridagi yetishmovchiliklar ko’rsatiladi. Bunday darslarga diktant, insho va bayon yozdiriladigan darslar, test sinovi o’tkaziladigan darslar kiradi.


Yüklə 486,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin