O'zbek adabiy tili me’yorlari reja



Yüklə 23,92 Kb.
səhifə1/3
tarix28.12.2021
ölçüsü23,92 Kb.
#48166
  1   2   3
4-мавзу


4-mavzu: O'ZBEK ADABIY TILI ME’YORLARI

Reja:

1. Imlo me’yorlari

2. Talaffuz me’yorlari

3. Grammatik me’yorlar

4.So‘z tanlash va qo‘llash me’yorlari

5. Uslubiy me’yorlar


I. IMLO ME’YORLARI

Imlo me’yorlari, ya’ni to‘g‘ri yozish me’yorlari nutqiy savodxonlikni belgilovchi asosiy mezon sanaladi. Imlo me’yorlari til vakillari tomonidan ongli ravishda kelishilgan holda yaratiladi. Bu me’yorlarning amal qilishi maxsus imlo qoidalari bilan tasdiqlanadi. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi asosidagi yozuv me’yorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995- yil 24- avgustda tasdiqlangan «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari»ga tayanadi. Unga harflar imlosi, o‘zak va qo‘shimchalar imlosi, bo‘g‘in ko‘chirish, so‘zlarni qo‘shib va ajratib yozish kabilarga oid qoidalar kiritilgan. Yozma nutqda bu qoidalarga amal qilish majburiydir.

ASOS VA QO‘SHIMCHALAR IMLOSI. O‘zakdagi unlining o‘zgarishi:

- a unlisi bilan tugagan fe’llarga - v, - q, - qi qo‘shimchalari qo‘shilganda a unlisi o ga o‘zgaradi va shunday yoziladi. Masalan: sina > sinov, so‘ra > so‘roq, tara > taroq, sayra > sayroqi kabi.

- i unlisi bilan tugagan fe’llarga qo‘shilgan - v, - q qo‘shimchalari i unlisini u ga aylantiradi. Masalan: sovi > sovuq, to‘qi > to‘quvchi, o‘qi > o‘quv. Lekin og‘riq, iliq, qaviq so‘zlarining o‘zagidagi i o‘zgarmaydi.

- illa qo‘shimchasi orqali taqlidiy so‘zlardan fe’l yasalganda (taqilla, chirilla kabi) asos so‘z tarkibida v yoki y tovushi bo‘lsa, bu qo‘shimcha -ulla tarzida aytiladi va shunday yoziladi: gurulla, shovulla, lovulla kabi.

Unli tovushlar bilan tugagan parvo, avzo, obro‘, mavzu, mavqe kabi fors-arab tillaridan o‘zlashgan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda quyidagicha yoziladi:

a) I va II shaxs qo‘shimchalari qo‘shilganda ushbu so‘zlardan so‘ng y tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi: parvoyim, avzoying, obro‘yingiz, mavzuyim, mavqeying kabi;

b) III shaxs egalik qo‘shimchasi parvo, obro‘, avzo, mavqe so‘zlariga -yi shaklida qo‘shiladi, mavzu, orzu so‘zlariga -si shaklida qo‘shiladi: avzoyi, obro‘yi, mavzusi, orzusi kabi.

O‘zak va qo‘shimchadagi undoshning o‘zgarishi: -k, -q bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda «k» undoshi g ga, q undoshi esa g‘ ga o‘zgaradi va shunday yoziladi. Masalan: ohak> ohagi, bek > begi, tayoq > tayog‘i, yo‘q > yo‘g‘i kabi. Ammo ishtirok, erk, huquq, ravnaq, yuq, haq, ishtiyoq so‘zlari bundan mustasno.


Yüklə 23,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin