Savol va topshiriqlar
1. Qo‘shimchalar imlosiga oid qoidalarni sharhlang.
2. Qanday so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi?
3. Kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri qo‘llashga oid misollar keltiring.
4. So‘zlarning uslubiy farqlanishini misollar bilan izohlang.
Mashq. Gaplarni o‘qing. Xato yozilgan so‘zlarni aniqlab, to‘g‘rilari bilan almashtirib ko‘chiring. Xato yozish sabablarini tushuntiring.
1.Til tafakurning in’ikosi, uning hosilasidir. 2. Bu yerni iqlimi issiq, siz mo’‘tadil havoga ko‘nikgansiz. 3. Samarqanddan olgan taassurotlaringizni asosida insho yozing. 4. Boqqa chiqib, qipqizil olmalarni tariflang, baxru dilingiz ochiladi. 5. Davo hujjatlari tayyor bo‘lguncha, ish joyingizdan tafsivnoma keltiring. 6. To‘yboshi devqomat bir yigitning sahnaga chiqardi. 7. Amudaryoni bu qadar shiddatli oqishini endi ko‘rishim edi-da!
Dostları ilə paylaş: |