1. Soʻz tarkibini oʻrganishda leksik mashqlarni tashkil etish esse yozish


Ot soʻz turkumini oʻrganishda qoʻllanadigan mustaqil ishlarni ishlab chiqarish taqvim rejasini tuzish



Yüklə 486,08 Kb.
səhifə7/8
tarix21.10.2023
ölçüsü486,08 Kb.
#159181
1   2   3   4   5   6   7   8
1. Soʻz tarkibini oʻrganishda leksik mashqlarni tashkil etish es-fayllar.org

7 Ot soʻz turkumini oʻrganishda qoʻllanadigan mustaqil ishlarni ishlab chiqarish taqvim rejasini tuzish
Narsa-buyum, shaxslarning nomi, atamasi bo‘lgan so‘zlar turkumi ot deyiladi. Otlar kim? nima? qayer? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
Otlar egalik, kelishik kabi so‘z o‘zgartirish, turli ma’no va vazifa uchun qo‘llanuvchi vazifadosh shakllarga hamda o‘ziga xos so‘z yasalish tizimiga egaligi bilan ajralib turadi.
Atoqli otlar. Bir turdagi narsa yoki hodisalarning birini ajratib ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan otlar atoqli otlar deyiladi. Atoqli otlar shaxs ismlari, havonlarning atoqli nomlari, tashkilot va gegrafik makon nomlari, koinot jismlari nomlari, suv havzalari, tashkilot nomlari kabi guruhlar doirasida uchraydi: Alisher, Ulug‘Bek, Zarafshon, Toshkent, Samarqand, Mars kabi. Bunday atoqli otlar o‘zaro tub va yasamaligi hamda tuzilishiga ko‘ra farqlanishi mumkin. Masalan, Lola, Go‘zal, Amir, Gavhar Orol kabi otlar sodda tub, Ilonli, Do‘stlik, Paxtakor kabi atoqli otlar sodda yasama, Ulug‘bek, Alisher, Nurato, Nurobod, Qo‘shrabot, Uchquduq kabi atoqli otlar qo‘shma otlardir.
Asal, Quvonch, Anor kabilar turdosh otdan, O‘lmas, Sotiboldi, Turdi, Tursun kabilar esa fe’ldan, Aziz, Botir, Shirin, Vali kabilar sifatdan, To‘qsonboy, Oltibek kabilar esa sondan, Bultur, Avvalboy kabilar esa ravishdan hosil bo‘lgan atoqli otlardir.
Turdosh otlar bir turdagi otlarning umumiy nomini bildiruvchi otlardir. Masalan, inson, daryo, shahar, kitob, daftar. Turdosh otlar quyidagi ma’no guruhlarga mansubligi bilan o‘zaro farqlanadi:
Aniq otlar bevosita narsa-buyum va shaxs, jon-zot anglatadigan otlardir. Aniq otlar bevosita sanash va ko‘rish mumkin bo‘lgan otlar hisoblanadi. Masalan: kitob, talaba, daraxt, qush.
Mavhum otlar his qilish, sezish mumkin bo‘lgan otlardir. Ular ham ko‘plik affikslari bilan qo‘llanmaydigan otlar bo‘lib, ularga ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shilganda turlicha ma’no bo‘yog‘i yuzaga keladi. Masalan: sevgi, sezgi, qayg‘u, alam, qadr, oriyat.
Jamlovchi va yakka otlar. Bir turdagi narsaning o‘zini ifodalaydigan otlar yakka otlar hisoblanadi: kitob, gul, daraxt kabi. Birlik shaklida bo‘lib, bir xil turdagi narsaning to‘dasi, jamini ifodalaydigan otlar jamlovchi otlardir: xalq, armiya, ko‘pchilik, poda, jamoa, o‘rmon kabilar.
Sanaladigan otlar, sanalmaydigan otlar. Sanaladigan otlar, asosan, aniq otlardan tashkil topadi: daraxt, kitob, qalam. Sanalmaydigan otlar modda otlari, og‘irlik, suyug‘lik o‘lchamiga xos otlar va atoqli otlardan tashkil topadi: tuproq, qum, havo, shakar, tuz, yog‘, guruch, kabilar.
Yuqoridagi ma'lumotlar abituriyentlar va o'zbek tilini mustaqil o'rganuvchilar uchun qo'shimcha ma'lumot sifatida taqdim etildi.
OSHLANG‘ICH SINFLARDA ORFOGRAFIK MALAKALARNI SHAKLLANTIRISH

Yüklə 486,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin