1. So‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari 5



Yüklə 134,85 Kb.
səhifə3/11
tarix07.01.2024
ölçüsü134,85 Kb.
#210226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Boshlang‘ich sinflarda so‘z ustida ishlash

II.O‘quvchilarda so‘z va gapga lingvistik munosabatni o‘stirish ustida maqsadga yo‘naltirilgan ishlar. O‘quvchilarda so‘z va gapga lingvistik munosabat nazariy bilimlarni o‘zlashtirish, mavhum tafakkurni o‘stirish jarayonida shakllantiriladi va tilning semantik hamda grammatik tomonining bir-biriga ta’sirini anglashni bildiradi.
O‘quvchilar tilni ularda til birliklariga, xususan, ularning asosiylari bo‘lgan so‘z, morfema, so‘z birikmasi, gapga lingvistik munosabatni parallel shakllantirish bilan birga ongli o‘zlashtiradilar. So‘zga lingvistik munosabat so‘zni tovush-harf tomonidan tahlil qilib, uning tovush va grafik tomoni o‘rtasidagi bog‘lanishini aniqlash, so‘zni morfemik tahlil qilish va so‘zga leksik ma’no berishda morfemaning o‘rnini tushunish; so‘zni grammatik tahlil qilish va shu so‘zning muayyan so‘z turkumiga oid ekani bilan uning grammatik belgilari o‘zaro bog‘liqligini tushunish ko‘nikmasining shakllanishiga qarab o‘sib boradi.
O‘qituvchi o‘quvchilarda so‘zga, so‘z birikmasi va gapga lingvistik munosabatni ta’lim jarayonida maqsadga muvofiq o‘stirib boradi, xususan, o‘rganiladigan kategoriyani o‘quvchi tushunibolishiga g‘amxo‘rlik qiladi.
III.Yangi tushunchani ilgari o‘rganilgan tushunchalar tizimiga kiritish tushunchani o‘zlashtirish, bilimni nutq tajribasiga tatbiq etishning muhim sharti hisoblanadi. Tushunchalar orasida bog‘lanishni vujudga keltirish, amalga oshirish o‘quvchilarning o‘zbek tilidan egallaydigan bilimlar tizimiga hamda tildan ongli foydalanishiga poydevor bo‘ladi. Tushunchalar orasidagi bog‘lanishni bilib olish amaliy (grammatik, orfografik, nutqiy) vazifalarni hal qilishda nazariy bilimlarni ko‘proq tatbiq etishga imkon beradi.
Tushunchalar orasidagi bog‘lanishni aniqlamay, ularni bilimlar tizimiga kiritmay turib, o‘quvchilar tilni ongli o‘zlashtira olmaydilar.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘zlashtiradigan asosiy bog‘lanish yo‘llari quyidagilar:
1.So‘zga beriladigan morfologik so‘roqlar va ularning grammatik belgilari (kim?, nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘z shaxs va narsani bildiradi → birlik va ko‘plikda qo‘llanadi → egalik qo‘shimchalari bilan o‘zgaradi → kelishiklar bilan turlanadi; qanday?, qanaqa? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘z shaxs va narsaning belgisini bildiradi → o‘zgarmaydi; necha?, nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘z shaxs va narsaning soni tartibini bildiradi → asosan, o‘zgarmaydi; nima qildi? nima qilyapti?, nima qiladi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘z predmet harakatini bildiradi → bo‘lishli yoki bo‘lishsiz shaklda qo‘llanadi → shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanadi →harakatning o‘tgan, hozirgi va kelasi zamondan birida bajarilganini yoki bajarilmaganini ko‘rsatadi).
2.So‘z turkumi – gap bo‘lagi bo‘ladi (ot gapda ega yoki ikkinchi darajali bo‘lak, sifat – ikkinchi dararajali bo‘lak, son – ikkinchi darajali bo‘lak, fe’l – kesim vazifasida keladi).
3.Bosh kelishikdagi ot – ega, boshqa kelishiklardagi otlar – ikkinchi darajali bo‘lak bo‘ladi.
4.Kishilik olmoshlari fe’llarda shaxsni ifodalaydi (agar fe’l men yoki biz olmoshlari bilan qo‘llansa, II shaxs; sen yoki siz olmoshlari bilan qo‘llansa, II shaxs ifodalanadi; u yoki ular olmoshlari bilan qo‘llansa III shaxs ifodalanadi).
5.Umumiy asos va asosdosh so‘zlarning ma’nosidagi umumiylik (asosning umumiyligi asosdosh so‘zlarning ma’nosidagi o‘xshashlikka sabab bo‘ladi).
6.So‘zning leksik ma’nosi va uning morfemik tarkibi (so‘zning morfemik tarkibi o‘zgarsa, ko‘proq uning leksik ma’nosi o‘zgaradi: gul – gulchi, guldon, gulla kabi).
IV.Ayrim til kategoriyalarida bog‘lanishining mohiyati yangi til kategoriyasini o‘rganish jarayonida ochiladi, shuningdek, bir yoki bir necha til kategoriyasi o‘rganilgandan keyin oydinlashadi.
Masalan, so‘zning leksik ma’nosi va uning morfemik tarkibi so‘zning ma’noli qismlarini o‘rganish jarayonida bir yo‘la muhokama qilinadi, chunki u yoki bu morfemaning rolini boshqacha yo‘l bilan tushuntirib bo‘lmaydi; o‘qituvchi so‘z tarkibini o‘zgartiradi va shu bilan bog‘liq holda so‘z ma’nosining o‘zgarishini ko‘rsatadi, bu o‘zgarish so‘zning qaysi qismi (so‘z yasovchi qo‘shimcha hisobiga hosil bo‘lganini tushuntiradi: ishchi – ishla – ishchan; paxtakor - paxtazor).
Fe’llarning shaxs-sonda tuslanishi kishilik olmoshlari o‘rganilgandan so‘ng, fe’lda shaxs kishilik olmoshlarining uch shaxsni ko‘rsatishi bilan bog‘lab o‘rganiladi.Maktabda grammatik materialni o‘rganish amaliy yo‘nalishga ega bo‘lgani va, birinchi navbatda, o‘quvchilarning nutqiy va aqliy rivojlanishiga xizmat qilgani uchun, bir til kategoriyasining boshqasiga tobeligini va bir-birini taqozo qilishini tushunish bilan birga, o‘quvchilarning bu haqdagi bilimlaridan amaliy vazifalarni hal qilishda, ya’ni so‘zlarni yozish, gap tuzish, so‘zni tahlil qilishda foydalanishga o‘rgatish muhim sanaladi. O‘qituvchi tilni o‘rgatish vazifalarini hisobga olib, doimo o‘quvchilarning nutqiy tajribasiga suyanadi va til kategoriyalarining bog‘liqligi haqidagi bilimlarni tajribaga tatbiq etish jarayoniga yo‘naltiradi. Bilim komponentlari o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlash bilimni tajribaga, o‘quvchilarning yozma va og‘zaki nutqiga tatbiq etish imkonini beradi.
V.Tushunchani ko‘rgazmali o‘rganish. Tushunchani shakllantirishning turli bosqichida ko‘rgazmalilikdan foydalanish katta ahmiyatga ega. Tushuncha belgilari bilan tanishtirishning boshlang‘ich bosqichida ko‘rgazmalilikdan o‘rganiladigan hodisaning belgilarini nutqda aniq ko‘rsatish maqsadida foydalaniladi. Til tushunchalarini shakllantirishda foydlaniladigan ko‘rgazmali vositalarning o‘ziga xos xususiyati o‘rganiladigan obyekt hisoblangan so‘z, so‘z birikmasi, gap, gap bo‘lagi va boshqalarga mos bo‘ladi. Shunday ekan, ko‘rgazmali vositalarga jadval, chizma, biror predmet, uning rasmi bilan bir qatorda til materialning o‘zi ham kiradi. Tanlangan matnlar, alohida so‘z va gaplardan o‘rganilayotgan hodisa aniq berilgan, nutqiy vazifasi va grammatik xususiyati ravshan ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bu ichki ko‘rgazmalilik o‘quvchilarga tushuncha belgilarini mavhumlashtirish, o‘rganilayotgan hodisani biror tomondan o‘xshashi bo‘lgan boshqa hodisalar orasidan topish imkonini beradi. Masalan, asosdosh so‘zlarni o‘rganishda tarkibida bir necha asosdosh so‘z bo‘lgan matndan foydalanish maqsadga muvofiq:
1. Maktabimiz hovlisida katta gulzor bor. Unga har xil gul ekilgan. Gullarni gulchi o‘quvchilar parvarish qiladilar.
2. Rahimning otasi zavodda ishlaydi. U ilg‘or ishchi. Rahimning o‘zi – ishchan bola. Bu ikki matnda uchtadan asosdosh so‘z bo‘lib, ularning ikki muhim belgisi (bir xil umumiy qismga egaligi va ma’nolaridagi o‘xshashlik)ni hisobga olgan holda, asosdosh so‘zlar yuzasidan umumlashtirish imkoni tug‘iladi. Bundan tashqari, o‘quvchilar o‘qituvchi rahbrligida asosdosh so‘zni shu so‘zlarning bir shakli bo‘lgan so‘z (gullarni) bilan taqqoslab, asosdosh so‘zlar bilan so‘z shakli o‘rtasidagi farq haqida elementar tushunchaga ega bo‘ladilar.

Yüklə 134,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin