Imloga oid mashqlar. Imloviy malaka ongli nutq faoliyatining avtomatlashgan komponentidir. Faoliyat avtomatlashishi uchun uzoq vaqt davomida maqsadga qaratilgan mashqlar bajarib boriladi. Imloga oid mashqlar imloviy ziyraklik ko‘nikmasini shakllantrishga, tegishli o‘rinda qoidani tatbiq qilishga, mashqlarning qismlari o‘rtasidagi bog‘lanishni belgilash, ularni umumiy va yagona faoliyat tizimiga kiritishga, o‘quvchilar uchun qoidaning mohiyatini aniqlash va uni shakllantirishga qaratiladi. Qoidani tatbiq qilish davridagina uning mazmuni chuqurroq o‘zlashtiriladi. Metodikada imloga oid mashqlarga: 1)Grammatik-orfografik tahlil; 2)ko‘chirib yozuv; 3) diktantlar; 4) leksik-grammatik tahlil; 5) bayonlar kiradi. Grammatik-orfografik va leksik-orfografik tahlilda orfografiyaning grammatika va leksika bilan bog‘lanishi, ko‘chirib yozuv va diktantda o‘quvchilar faoliyatini belgilaydigan omillar, xususan, ko‘chirib yozuvda ko‘ruv va qo‘l harakati uquvi, diktantda eshihituv uquvi hisobga olinadi.
Ko‘chirib yozuvko‘rib idrok qilingan so‘z, gap va matnnni yozma shaklda ifodalashdir. Boshlang‘ich sinflarda husnixat va imlo qoidalariga rioya qilib, tuzatishlarga yo‘l qo‘ymay va tartibli, harflarni tushirib qoldirmay, o‘rnini almashtirmay, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llab ko‘chirib yozuv ko‘nikmasi shakllantirilishi kerak. O‘quvchilarda bu ko‘nkmani hosil qilish maqsadida o‘qituvchi alifbe davridan boshlab ularga ko‘chirib yozuvni izchillik bilan o‘rgatib boradi.
O‘quvchilarda ko‘chirib yozuv ko‘nikmasini shakllantirishga oid asosiy qooidalarga quyidagilar kiradi:
1.Ko‘chirib yozishdan oldin ko‘chirib yozadiganingni yaxlit o‘qib chiq.
2.Har bir gapdagi so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajrat va ichda bo‘g‘inlab ayt.
3.Ko‘chirib yozganingni asliga solishtir va xatolaringni tog‘irla
Ko‘chirib yozuv uchun so‘z, alohida gap va kichik matnlardan foydalaniladi.
O‘qituvchining qo‘ygan maqsadiga bog‘liq holda ko‘chirib yozishdan oldin unga tayyorgarlik ko‘riladi; bunda imlosi qiyin so‘zlarni izohlab o‘qish, so‘zlarning nima uchun shunday yozilishini asoslash,o‘rganilgan qoida asosida yoziladigan so‘zlarni aniqlash, o‘rganilgan qoida asosida yoziladigan so‘zlarni aniqlash kabi mashqlardan foydalaniladi. Bu ko‘nikma qay darajada shakllanganligini aniqlash maqsadidatekshirish ko‘chirib yozuv o‘tkaziladi.
Ko‘chirib yozuv mashqlari grammatik, leksik yoki so‘z yasalishiga oid vazifalarni bajarish bilan birga olib boriladi. Bu imlo qoidasini tatbiq etishni yaxshi bilib olish imkonini beradi. Chunki vazifaning xarakteri imloviy malakani shakllantirishga nazariy asos bo‘ladigan grammatik, fonetik bilimlarni faollashtrishni talab etadi. Bulardan tashqari, kompleks mashqlar orfografiya bilan birgalikda nutq o‘stirish vazifalarini ham bajarish imkonini beradi. Kompleks mashqlarga misol qilib quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1.Ko‘chirish. asosdosh so‘zlarni aniqlab, asosni ajratish.
2.Tushirib qoldirilgan qo‘shimchalarni qo‘yib ko‘chirish, qanday qo‘shimcha ekanini aytish; yozilishini tushuntirish.
3.Matn mazmuniga mos so‘zni qacs ichida berilgan so‘zlardan topib qo‘yib ko‘chirish. Shu so‘z qaysi so;z turkumiga oid ekanini, uning yozilishini tushuntirish.
4.Aralash berilgan so‘zlardan gap tuzish va yozish.
5.Tartibsiz berilgan gaplardan bog‘lanishli matn tuzish
6.Tanlab ko‘chirish
Diktant eshitib idrok qilingan so‘z, gap, matnni yozishdir. O‘quvchilarning og‘zaki yozma nutqini o‘stirishda, savodxonligini oshirishda diktantning ahamiyati katta. O‘quvchi diktant yozish jarayonida xato qilmaslikka harakat qiladi. xato qilmaslik ularning fonetik, leksik va Grammatik bilimlarni qay darajada o‘zlashtirganliklariga bog‘liq bo‘ladi. Imlo qoidalari grammatik hodisalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Demak, savodli diktant yozish uchun o‘z navbatida grammatik qoidalarni ham bilish zarur.
Boshlang‘ich sinflarda diktant uchun matn tanlashda bir qancha tamoyillarga rioya qilish zarur:
1.Matnning monologik nutq shaklidda bo‘lishi. Unda ko‘chirma gaplar, undalmali, kirish so‘zli, ajratilgan bo‘lakli gaplar, qo‘shma gap bo‘lmasligi lozim.
2.Matn hajmi 1-4 sinf o‘quvchilarining o‘qish surotiga asoslangan bo‘lishi
3.Matn mazmuni bolalar hayoti bilan bog‘liq bo‘lishi
4.Diktant matni o‘quvchilarga u yoki bu haqda bilim berishi
5.Tanlangan matn g‘oyaviy-badiiy jihatdan yuksak bo‘lishi, bolalar hissiyotiga ta’sir qilishi.
6.Matn tarbiyalovchi xarakterda bo‘lishi
7.Matnda o‘rganilayotgan hodisa kamida 5-6 marta uchrashi
Diktantlar maqsadiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1.Ta’limiy diktantlar –bilim berishga yo‘naltirilgan diktantlar
2.Tekshiruv diktantlari – o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishga qaratilgan diktantlar.