3. Moslashish bosqichlari.
Tezlik bilan ro‘y beradigan moslashish reaksiyasida quyidagi uch bosqich
kuzatiladi:
1-bosqich berilgan ishni bajarilishini ta’minlovchi
funksional tizimlar
faoliyatini jadallashtirish bilan bog‘liq yurak urishi,
nafas olish, kislorod yutish,
laktat to‘planish va x.k. kuchayishi.
2-bosqich qondagi funksional tizimlarning faoliyatini mo‘tadillashuvini
ifodalaydi. Tananing nisbatan muqobil holatini ko‘rsatadi.
3-bosqich tana faoliyatiga (javobiga) ehtiyoj va uni ta’minlash
orasidagi
muvofiqlikni buzilishi bilan bog‘liq. Bu ishchi tizimlar va a’zolarning harakati
hamda faoliyatlarning asabiy boshqarish
mexanizmlarini charchashi, shuningdek
kuch zahiralarini nihoyalanishini ifodalaydi.
Tez moslashishning uchinchi bosqichiga ish bilan bog‘liq talablarni tanaga
qayta-qayta yuklanaverishi uzoq muddatli
moslashuvning shakllanishiga,
shuningdek sport faoliyatini ta’minlovchi tana a’zolari tizimi va faoliyatini
munosiblikdan chetlashuviga olib keladi.
Uzoq muddatli moslashishning shakllanishi
tez moslashish kabi uch
bosqichda kechadi. Mashq paytida ortiqcha zo‘riqish oqibatida mashq jarayonining
tuzilishi tizimiga putur etgan bo‘lsa to‘rtinchi bosqich vujudga kelishi mumkin.
1-bosqich tez moslashishni ko‘p marta qaytariladigan samaralarini
umumlashtirish asosida uzoq muddatli moslashishi mexanizmlari kuchaytiriladi;
2-bosqich reja asosida takrorlanadigan doimiy o‘sib boruvchi (ma’lum
doirada) yuk asnosida harakatdagi a’zolar va to‘qimalarda
tarkibiy hamda
vazifaviy o‘zgarishlar jadal kechadi;
3-bosqich a’zolar faoliyatining yangi darajasini ta’minlash uchun zarur
bo‘lgan zaxira mavjudligida ifodalangan uzoq muddatli
moslashishning muhim
bosqichidir;
Maqsadga yo‘naltirilgan mashq boshida moslashish jarayoni tez
kechadi.Keyinchalik turli a’zolar va qismlarning rivojlanish darajasini ortib borishi
asosida uzoq muddatli moslashishning shakllanish tezligi susayadi.