10 Amaliy mashg’ulot . Sport trenirovkasining vositalari va metodlari.
Reja
1.Sportchini tayyorlash tizimiga tavsif.
2.Sport mashqlariga moslashish.
3.Moslashuv bosqichlari.
1.Sportchini tayyorlash tizimiga tavsif.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyingi yillarda
Prezdentimiz sportni rivojlantirish va uni ommaviyligini oshirish to‘g‘risida katta
g‘amxo‘rlik qilmoqda. Bu borada sport taraqqiyotining bugungi bosqichida biz
shunday xususiyatlarni ko‘ramizki, ular sportchini tayyorlash jarayoniga jiddiy
ta’sir ko‘rsatadilar va trener bilan sportchi oldiga yangidan-yangi murakkab vazifa
va topshiriqlarni qo‘yadilar bu vazifa va topshiriqlarni esa, o‘z navbatida, mashq
jarayonini tashkil qilshning eng munosib shakl va usullarini izlab topishga majbur
etadi:
-bugungi sportchilar erishgan yuksak ko‘rsatkichlar darajasini yanada
yuksaltirish uchun, olamni eng yuqori malakali sportchi tayyorlash uslubini,
shuningdek, sportchini tayyorlashda uzoq yillardan beri qo‘llanilib kelayotgan
bugungi tashkiliy-metodik usulni xam batamom takomillashtirish talab qilinadi.
-eng yirik sport musobaqalarida erishilgan yutuqlarning natijalari tobora
oshib borayotgani sababli, musobaqa kurashlari nihoyatda keskinlashib ketdi. Bu
hol sportchilarning texnik va amaliy mahoratini samaradorligi, barqarorligi va
ustuvorligiga, ularning ustma-ust bo‘lib turadigan ma’suliyatli startlar sharoitda
axloqiy irodaviy va ruhiy tayyorgarlikka bo‘lgan talabni benihoya oshiradi.
Yuksak malakali sportchilar maxsus jismoniy tayyorgarlikning shu qadar
yuksak cho‘qqisiga chiqqanlarki, endi undan yuqoriroqqa ko‘tarilish eng og‘ir va
eng murakkab vazifa bo‘lib qoldi, shunga ko‘ra, maxsus jismoniy tayyorgarlik
samaradorligini oshirish zahiralarini qidirish va shu bilan birga umuman, mashq
jarayoni tizimida yangicha usul va uslublar zarur bo‘lib qoldi.
Mashq yuklamalarni hajmi va shu qadar kattalashib, og‘irlashib ketdiki, uni
yillik sikl doirasida, hamda uning har bir bosqichi ichiga oqilona singdirish
masalasi ko‘ndalang qilib qo‘yildi. Shu bilan birga, mashg‘ulot samaradorligini
oshrishning birdan bir usuli deb e’tirof etilgan munosabatda bo‘lish zarurati
tug‘ildi. Shunga ko‘ra birinchidan, turlicha imtiyozli yo‘nalishlarda bo‘lgan
yuklamalar o‘rtasidagi eng ko‘p foyda beradigan nisbatini, ikkinchidan, mashqlarni
tashkil qilishning yangi usullarini qidirish zarurati vujudga keldi, zero bunday
mashqlar sportchida energiya zahirasining sarflanishi va qayta tiklanishi
o‘rtasidagi aniq munosabatga suyangan holda, uning organizm faoliyatidagi
moslanish imkoniyatlarini to‘la amalga oshirish uchun eng maqbul sharoitni
ko‘zda tutadi.
mashqning metodik masalalarini hal qilishda fanning vazifasi oshdi yuqori
malakali sportchilarni tayyorlab etkazish, sportchi organizmidagi hayotni
ta’minlovchi funksional uslublarga to‘la qonli ta’sir ko‘rsatish va bunday
uslublarni o‘ta yuksak faoliyat darajasiga ko‘tarish bilan bevosita bog‘liqdirki,
endilikda sportchini zamonaviy usulda tayyorlab etkazishning o‘ta murakkab
muammolarni ilmiy-metodik ma’lumotlarsiz, faqat sog‘lom aql va hissiyotga
suyangan holda hal qilib bo‘lmaydi.
Sportchini tayyorlab etkazish usullari ilmiy-metodik asoslar majmi,
shuningdek, sportchilarni muayyan mutaxasislar bo‘yicha tayyorlashni izchillik
bilan amalga oshiruvchi tashkilotlar (muassasalar) xamjihatligi samarasidir.
1. Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, yuksak malakali sportchini
tayyorlashga shart-sharoit sportchi murabbiy majmui yagona asosiy negiz
hisoblanadi. Bu majmua ichida eng katta yuklama sportchining zimmasiga tushadi,
chunki aynan shu sportchi bir qator harakatlar (ilm olish, rivojlanish, tarbiya,
mashg‘ulot, musobaqa, oragnizmini qayta tiklash) ta’siriga to‘qnash kelishi kerak.
Vaholanki, sportchi o‘ziga mustaqil shaxs sifatida murabbiysiz, moddiy-texnik va
xo‘jalik ta’minoti, ilmiy metodik ta’minot, guruhlarisiz musobaqaga tayyorlana
olmaydi. Bugungi sportchining har taraflama (ham jismoniy, ham aqlan, ham
ahloqan) rivojlanishi, shuningdek, jismoniy, texnik taktik, aqliy, funksional
jihatdan tayyorlangan bo‘lishini talab qiladi.
2. Sportchini tayyorlab etkazish uslublarini ko‘zdan kechirish uchun biz
bu
faoliyatni
tashkiliy
jihatiga
murojaat
qilaylik.
Ko‘rinib turibdiki, g‘oyaviy-tarbiyaviy ish va ahloqiy-irodaviy hislatlarining
tarbiyalash birinchi o‘ringa qo‘yilgan, zero ushbu faoliyatlar yaxshi yo‘lga
qo‘yilgan taqdirdagina, o‘zini, trenerni, komanda a’zolarini, raqibini va
boshqalarni amaliy hurmat qilishi mumkin. Murabbiy bilan sportchi yuqorida
ko‘rsatilganidek ezgu vazifalarni rivojlantirish bilan bir paytda, sport qonunini
buzuvchilarga qarshi, ichkilikbozlik, bezorilik, faxsh va o‘zga ahloqsizlarga qarshi
hamma joylarda ham muntazam ravishda kurash olib borishlari kerak. Sportchilar
orasida bosar tusarini bilmay qolgan, og‘zi katta, mutakabbirlar, chempionlik
shaxsiga sig‘inishni talab qiluvchilar hali ko‘p uchrab turadi. Sportchilar
tarbiyasining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, modalar ketidan quvish,
sportchilarimiz sha’niga (ayniqsa, chet ellarda) dog‘ tushirish kabi salbiy
qilmishlar mavjud.
Musobaqalar va o‘quv yig‘inlarini rejalashtirishni ham albatta tashkiliy ish
deb hisoblash kerak. Bu har qanday sport ishida eng mas’uliyatli jarayondir.
Musobaqalarni shunday rejalashtirish kerakki, ular sport mashg‘ulotlari
o‘tkaziladigan muddatlarga albatta mos tushishi, o‘z amaliyotiga qarab tadrijiy
ravishda o‘tkazilsin, shuningdek, eng yirik musobaqalarning qanday sharoitda
(iqlim, joyining dengiz sathidan qancha balandligi, vaqt mintaqasi va boshqa)
o‘tkazilishi ham hisobga olinishi kerak. Musobaqalarni yillik tsikl rejasiga to‘g‘ri
taqsimlash, sport natijalarining o‘sishini jadallashtiradi, musobaqa sharoitiga
moslanishiga imkon tug‘diradi. O‘quv yig‘inlarini tashkil qilish va o‘tkazish uslubi
ham musobaqalar darajasi (rangi)ga bog‘liq: bunday yig‘inlarda bajariladigan har
bitta ish nihoyatda puxta o‘ylanishi kerak.
Sport haqida ma’lumotlar yig‘ish va ularni tahlil qilish yo‘li bilan,
nafaqat sportning bugungi mavqeini, shuningdek, kelajagini ham ko‘z oldimizga
keltirishimiz mumkin. Bu o‘rinda turli xil muvoffiqlashtirish xizmatlari
mujassamlanadi (murabbiy, sportchi, shifokor, psixolog, metodist va boshqalar
ular yangi texnik harakatlarni tuzilishi, amaliy murakkab mashg‘ulotlarga
funksional tayyorgarlik, psixologik tayyorgarlik kabi masalalarni birgalikda hal
qiladilar, ya’ni sportchilar kelasi yilning modelini tuzadilar. Terma komandalarni
bunday mutaxassislar bilan ta’minlash uchun hamma erda muntazam ravishda
yangi kadrlar tayyorlash va eski kadrlarni qayta tayyorlash ishlarini olib borish
kerak. Hozirgi kunda terma komandalar uchun oliy toifadagi trenerlarning
malakasini oshiruvchi bir yillik kurslar ochilmoqda. Sport hakamlaridan nainki,
hakamlik mahorati, balki shuningdek jismoniy, funksional tayyorgarlik ham talab
qilinmoqda. Murabbiylar uchun ilmiy va metodik konferensiyalar o‘tkaziladi, oliy
darajadagi mutaxassislarni taklif qilish yo‘li bilan murabbiylar tajriba almashadilar
va vaqti vaqti bilan qayta attestatsiya qilinib turiladi.
O‘quv yig‘inlari va musobaqalar paytida sportchilarning bo‘sh vaqti va
dam olishini to‘g‘ri tashkil qilish va samarali o‘tkazish zarur. Terma komandalarda
g‘oyaviy-siyosiy tarbiya ishlari, komanda a’zolarining yoshiga qarab turlicha olib
boriladi.
Sportchilarning g‘oyaviy-siyosiy tarbiyasi tarkibiga nazariy seminarlar,
siyosiy axborotlar, muhim ahamiyatli sanalarga bag‘ishlangan kechalar va shu
singari tadbirlar kiradi. Ulug‘ Vatan urushi ishtirokchilari, va mehnat
qaxramonlari, sport faxriylari bilan bo‘ladigan uchrashuvlarni nihoyatda puxta
o‘ylab uyishtirish kerak bo‘ladi.
Yig‘in mavsumida mehnat tarbiyasiga e’tiborni qaratish lozim (xona, sport
zalida, sport maydonchasida navbatchilik qilish, baza xududini ozoda saqlash,
oshxonada, yotoqxonada navbatchilik qilish va boshqalar).
Sportchini
tayyorlash
tizimida
moddiy-texnika
ta’minoti muhim
ahamiyatga ega. Sport bazalarini yaratish va ularni to‘ldirish, mashg‘ulot
joylaridan hamma vaqt ham omilkorlik bilan to‘g‘ri foydalanish, sport anjomlarini
sotib olish axborot beruvchi, tahlil qiluvchi maxsus apparatlar bilan ta’minlanishi
kerak. Sport anjomlarini ishlab chiqarish va ular bilan sport ahlini ta’minlash
masalalari yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan, sport ashyo-anjomlari (ham standart, ham
nostandart anjomlar, ham bolalar uchun mo‘ljallanganlari)ning sifati past, trenajyor
uskunalari etishmaydi.
Sport formalari, anjomlari, uskunalari o‘zgarmoqda, sport natijalarining
bo‘lg‘usi qiyofasi ham o‘zgarmoqda.
Hozirgi shifokorlar sportchining mashg‘ulotga chidamlilik holati haqida
faqat o‘z amaliy ko‘rsatkichlari bilan chegaralanib sportchining umumiy
mashg‘ulotga qay darajada chidamli ekanligi xaqida gapirmaydi. Muntazam
ravishda shifokor ko‘rigidan o‘tib turish (bu vazifani davolash fizkultura
dispanserlari bajaradi), davolash pedagogik kuzatuvlar, o‘z salomatligini o‘zi
nazorat qilish va oliy darajadagi sportchilarni tayyorlash jarayonida qo‘llaniladigan
boshqa majmuali nazorat shakllari (masalan bosqichma bosqich va joriy majmuali
tekshiruvlar) eng muhim ahamiyatga egadir. Bu ishlarinng hammasi har bir
sportchi uchun berilgan yuklamaga qanchalik chiday olishini aniqlashda,
yuklamalarni me’yorga solishda va ularning og‘ir engilligini, shuningdek, mashq
qilayotgan shaxsning yoshini va jismoniy xususiyatlarini hisobga olgan holda
mashq jarayonini rejalashtirishda katta yordam ko‘rsatadi.
Shifokorlar profilaktika ishlari bilan shug‘ullanmaydilar, rejalashtirish
sifatining pastligi uchun javob bermaydilar, ularning shaxsiy tayyorgarlik rejalari
nomigagina tuzilgan o‘quv mashq yuklamalari ustidan nazorat qilish saviyasi past.
Sportchining
salomatligi,
funksional
holati,
uning
psixologik
jihatdan
musobaqalarga shayligi va shu kabi boshqa jihatlari haqida amaliy ma’lumot yo‘q.
Tibbiy nazoratning vazifasi sportchilarni har yili dispanser ko‘rigidan o‘tkazish,
funksional tayyorgarlik sinovlarni ishga solish, nazoratni musobaqaga tayyorgarlik
oldidan o‘tkazib, keyin kamida 3-4 oyda bir martadan joriy kuzatuv o‘tkazilib
turilishi joiz.
Sportchining ish qobiliyati samarali tiklash va oshirishga qaratilgan
tadbirlar quyidagilardan iborat:
a) organizmning qattiq charchashi va o‘ta zo‘riqishini bartaraf qiluvchi
maxsus gigienik tadbirlar (bu tadbirlar, kuch quvvatni tiklovchi pedagogik
vositalar deb ham yuritiladi).
b) psixologik tadbirlar. Sportchi ruhiy holatini tartibga solishning psixo-
profilaktik va psixo-terapevtik usullari autagen (mustaqil mashq, ruhiy holatni
tartibga soluvchi (psixoregulyatsiya) mashq, gipnoz bilan uxlab dam olish).
Sportchining izzat-nafsiga qattiq tegmaslik, uning ruhiyatini avaylash uchun qulay
psixologik mikroiqlim yaratish, rahbarlar, trenerlar, hodmlar sportchiga nisbatan
xushmuomila bo‘lishlari kerak. Bundan tashqari, ruhiy keskinlikni bartaraf
qiluvchi usullar va mashg‘ulotlardan, dam olishning turli xil ko‘ngilochar
vositalaridan foydalanish lozim bo‘ladi.
v) har turli jismoniy omillardan va organizmni qayta tiklash apparatlaridan
keng ko‘lamda va kompleks usulda foydalanish.
g) tarkibida yuksak biologik qiymatga ega iste’mol preparatlari bo‘lgan
taomlardan, quvvat va salomatlikni tiklash uchun xizmat qiluvchi maxsus ozuqa
omuxtasidan, shuningdek, inson organizmida modda almashinishi oralig‘ida
iste’mol qilinuvchi ozuqalar (qahrabo va limon kislotasi)dan, biokimyoviy
jarayonga ta’sir etuvchi preparatlardan foydalanish.
Sportning barcha turlarini idrok qilish g‘oyat mushkul, hamma turlarini
boshqaruvchi umumiy qonuniyatni sportchi chuqur o‘rganishi shart.Shuningdek,
sport kelajagini oldindan ko‘ra bilmay, mashqlar kuch tiklash jarayonini to‘g‘ri va
ilmiy tarzda rejalashtirilmay turib sportni rivojlantirib bo‘lmaydi. Sportchini
kurashga tayyorlash tizimini ilmiy uslubiy jihatdan ta’minlash uchun, birinchi
navbatda bo‘lg‘usi sportchining modelini tuzish zarur. Sportning ko‘p turlari
bo‘yicha (yugurish, suzish, disk va nayza uloqtirish, balandga va uzunlikka
sakrash, velosiped poygasi, bo‘lib qatnashgan va boshqalar), modellar ishlab
chiqilgan. Ayni paytda, u turlarning tarkibiy qismi va o‘lchamlari ham
tayyorlangan bo‘lib trenerlar sportchilarni harakat texnikasidagi holatlarni
to‘g‘rilash chog‘ida, hamda sportchini boshqa turli xil vositalar bilan musobaqaga
tayyorlayotgan chog‘larida mazkur o‘lchamlarga suyanishlari mumkin.Terma
komandalarni ilmiy jihatdan ta’minlash, MDX bo‘yicha o‘tkaziladigan hamda
mas’uliyatli xalqaro musobaqalarga tayyorlash jarayonida, har qaysi nomdor
sportchining jismoniy xususiyatlari, mashq qilish usullari, qanday yuklamaga qurbi
etishi, turmush tarzi va o‘zga jihatlari imkoni boricha to‘laroq ma’lumot olish
zarur. Bu sohada raqib komanda yoki raqibni uslublarini bilish razvedkasi tobora
rivojlanib borishi kerak. Ta’minot bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-uslubi guruh mashq
jarayonini boshqarish, sportchining sport formasiga kirishishi, sport formasining
dinamikasi bo‘yicha albatta o‘z mulohazasini aytishi kerak.
Murabbiy, sportchining harakat a’zolari faoliyatini shakllantirishga
jismoniy sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan mashq jarayonini amalga oshiradi,
mashg‘ulot usuli yordamida sportchini tartibli ravishda musobaqalarga tayyorlash
masalasini va sportchi faoliyatining rivojlanishini boshqarishda pedagogik
jarayonini ifodalovchi moslovchi masalalarni hal qiladi. Murabbiy mashg‘ulot
jarayonini amalga oshirar ekan,sport dargohida faqat istiqbolli bolalarni vijdonan
tanlab olish (bu pedagogik, ijtimoiy, psixologik, metodik–biologik usullardan
tarkib topgan xarakterlar majmuining tashkiliy–metodik tadbirlari tizimi bo‘lib,
sport mutaxassisligiga tanlanayotgan bolalarning iste’dodi va qobiliyati mazkur
usullar yordamida aniqlanadi), ularning qaysi sport turiga layoqatli ekanligini
aniqlash (hozirgi paytda sportning 16 turi bo‘yicha bolalarni saralashning ham
miqdoriy, ham sifatiy tuzilmasi aniqlangan) farz va qarzdir. Lekin har qanday
vaziyatda ham trener bolalarni sportga tanlarkan, ulardagi ijobiy omillar
yig‘indisiga e’tibor berishi va albatta bolaning astoydil ishtiyoqli, mehnatga
layoqati va o‘ziga xos xislatlarini hisobga olishi shart.
Har bir trener sportchini tayyorlab etkazishda uning shaxsiy iste’dodi va
alohida xususiyatlariga suyangan holda, o‘z usuli bo‘yicha ish ko‘radi. Shuni ham
aytish kerakki, trener har qancha tajribali bo‘lsin hamma vaqt ham har qanday
sportchidan mashhur sportchi etishtira olmaydi. Hozirgi trenerlar mashq va
musobaqa yuklamasini rejalashtirishni o‘rganib olganlar, lekin sportchi kuchini
to‘plashni rejalashtirishni mutlaqo bilmaydilar bu jarayoni o‘z holiga tashlab
qo‘yilgan, ya’ni sportchi kuch yig‘ish usullarini o‘zi qidiradi (massaj, sauna, passiv
dam, nazoratsiz ovqatlanish xullas, kuch tiklanishning butun rejimi).
Biroq, eng yuqori malakali katta trener ham sportchi bilan munosabat
qilgan va o‘z asosiy mutaxassislik burchini bajarayotgan chog‘ida, bir qator
ob’ektiv qiyinchiliklariga duch keladi. Murabbiy mustaqil ravishda sportchidan
mashq paytida yuz berishi mumkin bo‘lgan har qanday tasodiflarni xotirjamlik
bilan qarshi olishni talab qilarkan, uning ortiq darajada hayajonlanishiga,
achchiqlanishiga, o‘zboshimchalik qilishga mutloqo yo‘l qo‘ymasliligi kerak.
Mashg‘ulot jarayonini omilkorlik bilan samarali boshqarishning asosiy
sharti mashg‘ulot jarayonining tarkibiy qismlarini doimiy ravishda tahlil qilishdir.
Bunday tahlilning asosiy tomoni quyidagilardan iborat:
1.Sportchilar tomonidan bajarilgan hamma ishni hisobga olish;
2.Sportchining ahvolini (uning mazkur ishga munosabatini) nazorat qilish, bunday
nazorat natijasida sportchining holati haqida jismoniy, texnikaviy malakasining
sifati rivojlanish sur’ati haqida va mashq yuklamalarini qay darajada bajara olishi
haqida xolis ma’lumotlar olish mumkin.
Tavsiya qilingan yuklamalar sportchi organizmi imkoniyatlariga mos
tushganini bildiruvchi alomatlar: uning yaxshi kayfiyatda bo‘lishi, xamma
narsadan xafasalasi pir bo‘lishi, mashqdan ko‘ngli sovishi mumkin. Yuklamalarni
organizmining funksional holatiga qanchalik mos tushganini puxta aniqlash uchun
quyidagi usullardan foydalanish lozim bo‘ladi: mashg‘ulotlarni qiyosiy tahlil
qilish, aql-farosatni nazorat qilish, sportchining o‘z-o‘zini nazorat qilishi, shifokor
nazorati.
Dostları ilə paylaş: |