1. Sportchini tayyorlash tizimiga tavsif. Sport mashqlariga moslashish



Yüklə 373,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix26.10.2023
ölçüsü373,93 Kb.
#161593
1   2   3
9amaliy

 
2.Sport mashqlariga moslashish. 
Birinchi bor 
adaptatsiya
(lotincha-moslashish) tushunchasi (Selening bu 
tushunchani aniqlab bergan Kanadalik olim) umumiy moslashish holati haqidagi 
ta’limotida ochib berilgan. 
Adaptatsiya
sindromi (alomati)ni butun tananing 
qo‘zg‘aluvchi ta’siriga nisbatan noodatiy javobi deb tushuntiradi. Bu holat 
quyidagicha kechadi: 
Xavotir rezestentlik oriqlash (rezestenlik tanani muhitning turli ziyon 
keltiruvchi omillari ta’siriga bardoshliligi). 
Xavotir davriga tananing me’yor va g‘ayritabiiylik darajasida o‘ta 
safarbarligiga xos xususiyatidir. Agar bu ta’sir kuchi to‘xtamasa, bir qancha 
vaqtdan keyin tana imkoniyati tugab, uning sezish quvvati so‘nadi. 
Og‘ir jismoniy yuk tufayli (stress holati) Adenozintrifosfor kislotasi (ATF) 
zahirasining kamayishi kuzatiladi, natijada mahsulotlarining parchalanish nisbati 
qolgan qismiga qaraganda ortib ketadi, bu esa moslashishning asosini tashkil etadi. 
Moslashish jarayonida bir-biraga bog‘liq maxsus o‘zgarishlar kuzatiladi.
Moslashuvning har bir darajasini o‘z chegarasi bor. Agar qo‘zg‘atuvchining kuchi 
borgan sayin ortib ketaversa, unda yangi muhim holat o‘rniga moslashishning 
buzulishi vujudga keladi, negaki moslashishning vazifaviy zahirasi tamom bo‘ladi. 
Moslashish aks moslashish bilan almashinadi. Shundan kelib chiqadiki, 
sport bilan shug‘ullangan ortiqcha og‘irlik tana va uning ayrim qismlarini 
zo‘riqishga olib keladi. Bu doimiy natija bo‘lmay dam olish va ish rejimiga qat’iy 
rioya qilinmasa, og‘irlik va tiklanishni to‘g‘ri bir biriga munosib ravishda olib 
borilmagan chog‘da yuzaga keladi. Mashqning uzoq muddatli dasturini ishlab 
chiqishda sportchining moslashish zahiralarini tiklanish va saqlanish shaxsiy 
xususiyatlari bilan qat’iy ravishda muqobillashtirishdagi tashqi omillar hisobga 
olinishi lozim.Tez (beqaror) va uzoq muddatli (nisbiy barqaror) moslashish kabi 
ikki turdagisi mavjud.
Ma’lum yuklamaga javoban sportchi tanasidagi siljishlar sport 
amaliyotidagi tez moslashishga misol bo‘lishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan misolda turli darajadagi, ya’ni XTSU va 3-razryadli 
sportchilarning osoyishtalik va 400 m masofaga yugurganidan keyin tanasidagi 
asosiy a’zolarning qiyosiy ko‘rsatkichi berilgan. Nima sababdan ko‘rsatilgan 
masofani XTSU kamroq tayyorgarlik
 
ko‘rgan sportchiga nisbatan tezroq bosib 
o‘tdi, degan savol tug‘iladi. Buni birinchi navbatda uning tanasining yuqori 
funksional imkoniyatlari bilan tushuntirish mumkin.Yugurgandan keyin XTSU 
yurak urishi minutiga 210 ga, 3 razryad sportchisiniki esa 180, nafas olish nisbati 
minutiga 120 l va 75 ga teng bo‘ladi, yuksak malakali sportchining qon aylanish 
hajmi 30 l bo‘lgan bo‘lsa, ixtisosligi pastroq sportchiniki bor yo‘g‘i 20% bo‘ladi, 
ham kislorod iste’mol qilish farqi minutiga 20 ml/kg qabilida belgilanadi. 
Bejiz emaski, tananing yuqori jismoniy ish qobiliyatini ta’minlovchi asosiy 
a’zolarining bunday imkoniyati masofani yuqori tezlikda yugurib o‘tishga yo‘l 


ochadi. Hozirda to‘qima tushunchasi bu tarkibiy oqsillardan iborat bo‘lgan yarim 
qattiq suyak, ko‘pchilik “naychali”, maxsus turli xildagi oddiy va murakkab 
molekulasi suyuqliklar aylanib yuradigan murakkab tarkibdan iborat.

Yüklə 373,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin