Tarmoq topologiyasida asosiy bo`lgan kommutatorni (ildiz kommutatorni) belgilashimiz uchun bir nechta usullar mavjud:
1-usul. Tarmoqda asosiy bo`lgan kommutatorni aniq tayinlash: spanning-tree vlan vlan-idroot primary – tarmoq uchun asosiy bo`lgan kommutatorni (ildiz kommutatorni) ko`rsatish uchun foydalaniladi (masalan, spanning-tree vlan 1 root primary) spanning-tree vlan vlan-idroot secondary - tarmoq uchun asosiy bo`lgan kommutatorga (ildiz kommutatorga) zahira kommutatorni ko`rsatish uchun foydalaniladi (masalan, spanning-tree vlan 1 root secondary)
Misol uchun tarmoqda asosiy bo`lgan kommutator (root)ni boshqasiga ya`ni Sw2 o`zgartiramiz.
Sw2 konfiguratsiyasi
Switch>enable
Switch#configure terminal
Switch(config)#hostname sw2
sw2(config)#spanning-tree vlan 1 root primary sw2(config)#exit sw2#show spanning-tree
4.6-rasmda Sw2 kommutatorning root switch bo`lganligini ko`rishimiz mumkin.
4.6-rasm. Root switchni almashtirish jarayoni
2-usul Kommutatorning muhimliligi (priority) bo`yicha Rootni tayinlash: spanning-tree vlan vlan-idpriority value - tarmoq uchun asosiy bo`lgan kommutatorni (ildiz kommutatorni) ko`rsatish uchun foydalaniladi. Muhimliligi (priority) kichik kommutator asosiy kommutator hisoblanadi. (masalan, spanningtree vlan 1 priority 24576). Tarmoqdagi kommutatorlar dastlabki holatda barchasi bir xil bo`ladi (Priority 32769).
Priorityni o`rnatishda qadamlar soniga e’tibor beriladi, ya’ni har bir qadam uzunliligi 4096 ga teng.
Bu usul bo`yicha sw4 ni root switch qilib sozlaymiz (Eslatma: sw2ga sozlangan kommandani olib tashlang. sw2(config)#no spanning-tree vlan 1 root primary). Switch>enable
Switch#configure terminal Switch(config)#hostname sw4
sw4(config)#spanning-tree vlan 1 priority 24576
Sw4(config)#exit
Yuqorida keltirilgan tarmoq parametrlari sozlangandan keyin kommutatorlar bir-biriga xabar jo`natib, LAN tarmog`i uchun ildiz kommutatorni tanlab oladi. Xozirgi mavjud konfiguratsiyalarni ko`rish uchun: