Bu terminlar kanallarni agregatsiyalashda foydalaniladi.
Sxemada channel-group buyrug`idan keyingi son Port-channel mantiqiy interfeys raqamini bildiradi. Ikki tarafi Agregatsiyalangan kanalli mantiqiy interfeys raqami bir-biriga mos kelishi kerak. Raqam bitta kommutatorda turli port guruxlarini farqlashda foydalaniladi.
passive —faqat agar LACP xabari kelayotgan bo`lsa LACP ulaydi ,
desirable —PAgP ulaydi,
auto —faqat agar PAgP xabari kelayotgan bo`lsa PAgP ulaydi, on —faqat Etherchannel ulaydi.
LACP asosida kanal pog`onasida EtherChannel konfiguratsiyasini sozlash
4.8-rasm. LACP asosida EtherChannel
Agregatsiyalashni sozlashdan avval jismoniy interfeyslarni o`chirib qo`yish kerak bo`ladi. Ularni bir tarafini o`chirib qo`yish etarli bo`ladi (misolda sw1 taraf o`chirilgan), so`ng ikki tarafda agregatsiyalash sozlanadi va interfeyslar ulaniladi. Ishni bajarish tartibi Sw1 da EtherChannel sozlash: sw1(config)# interface range f0/11-14 sw1(config-if-range)# shutdown sw1(config-if-range)# channel-group 1 mode active Creating a port-channel interface Port-channel 1 Sw2 da EtherChannel sozlash: sw2(config)# interface range f0/11-14 sw2(config-if-range)# channel-group 1 mode passive Creating a port-channel interface Port-channel 1 sw1 ga jismoniy interfeyslarni ulash: sw1(config)# interface range f0/11-14 sw1(config-if-range)# no shutdown
Etherchannel to`g`risida axborotlar sw2 port-channel to`g`risida axborotlar: