Tarmoqda asosiy bo`lgan ildiz kommutatorni tanlashda kommutatorlarning eng kichik imtiyoz (prioritet) qiymati yoki uning ID qiymati asosida tanlanadi. Bu yerda ID qiymati kommutatorning MAC manzili anglatadi, ya’ni eng kichik qiymati tarmoqda ildiz kommutator hisoblanadi. Kommutatorlar har 2 soniyada bir-biriga Hello BPDU kadrlarni jo`natib qaysi biri ildiz kommutatorligini belgilab olishadi. Qo`shnilardan olingan kadrlarning imtiyoz va ID identifikator qiymatlarini taqqoslanadi va ularning qiymatlari yuqoriroq bo`lsa, u ildiz lavozimiga da’vo qilishni to`xtatadi va g`olibga Hello BPDU xabarini tarqatishni boshlaydi. Shuni bilishimiz kerakki, imtiyozlar taqqoslanganda ular teng qiymat bo`lib qolsa, u holda ularning ID taqqoslash orqali ildiz kommutator tanlanadi.
Multiple Spanning Tree Protocol (MSTP) IEEE 802.1s standartida tavsiflangan va keyinchalik IEEE 802.1Q-2003 bilan qo`shimchalar kiritilgan. MSTP protokoli bir nechta STP protokoli nusxasini qo`llab-quvvatlash maqsadida IEEE 802.1w (RSTP) standartini takomillashtirilgan ko`rinishi. U tarmoqni tezroq ishlashini, VLAN sozlangan tarmoqda yuklamani balanslash imkoniyatini ta’minlaydi. 802.1s MSTP standartiga qo`shimcha 802.1Q standartida qo`shimcha kiritilgan.
Ishni bajarish tartibi
4.3-rasmda ko`rsatilgan topologiya bo`yicha Sw1, Sw2, Sw3, Sw4 kommutatorlar uchun asosiy konfiguratsiyalarni sozlang.
4.3-rasm. Tadqiqot qilinayotgan tarmoq tuzilishi
Yuqorida keltirilgan tarmoq topologiyasida kommutatorlar orasida asosiy ildiz kommutator (root) Sw1 hisoblanadi. Chunki bu topologiyada Sw1 boshqa kommutatorlarga nisbatan MAC adresi kichik. Shu sababli Sw1 kommutatorga barcha kirish va chiqish interface portlari yashil holatdagini ko`rishimiz mumkin. Buni tekshirish uchun Sw1#show spanning-tree buyrug`i orqali amalga oshiriladi. Natijada Sw1 kommutatorning MAC-Address 000D.BD2C.15B9 yoki asosiy bo`lgan kommutatorni (This bridge is the root) bilishimiz mumkin (4.4-rasm).
4.4-rasm. Sw1 bo`yicha spanning-tree natijalari
4.3-rasmda Sw2 kommutatorning show spanning-tree buyrug`i orqali ko`rishimiz mumkinki, asosiy bo`lgan ildiz kommutatorni belgilaydigan qismida fastEthernet 0/4 ko`rsatilgan. Sw2 FastEthernet 0/4 portida root switch (sw1) joylashgan.