1. Sug’oriladigan hududlardagi o’simliklar



Yüklə 113,56 Kb.
səhifə11/12
tarix13.12.2023
ölçüsü113,56 Kb.
#174603
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Sugoriladigan hududlardagi osimliklarning tur tarkibi.Keng tarqalgan oilalar

Ildizbachkililar. Bu guruhga kiruvchi o’simliklar ildizidan ko’plab bachki chiqarish xususiyatiga ega. Ana shu bachkilardan yangi o’simliklar paydo bo’ladi. Ildiz qancha yuza kesilsa shuncha ko’p bachki beradi, aksincha, chuqur haydash ular sonini keskin kamaytiradi. Bu-larga: qo’ypechak, yantoq, qizilmiya, oqmiya, achchiqmiya, kakra, bo’ztikan kabi o’simliklar kiradi.
Dala pechagi, qo’ypechak-Convolvulus arvensis L. Pechakdoshlar oilasiga kiradi. Poyasi ingichka, chirmashib o’sadi. Uzunligi 40-100 sm. Barglari navbat bilan joylashgan, gullari yirik, oq yoki oqish-pushti rangda, barg qo’ltig’idan chiqqan gulbandga o’rnashgan. Кo’sakchasi ikki urug’li, keng tuxumsimon. Mart oyidan ko’karib chiqadi. Iyun-oktyabr oylarida gullab, urug’laydi. Urug’dan va ildizidan bachki chiqarib ko’payadi.Asosiy ildizi 4-6 m gacha chuqurlikka kirib borishi mumkin. Bu o’simlik 40 sm chuqurlikdan keyin yangi bachki bermaydi.Dala qo’ypechagi tuproq harorati +4…+60C bo’lganda unib chiqa boshlaydi, optimal harorat- +18…+24 0C.
Bo’ztikan - Sonchus arvensis L. Murakkabguldoshlar oilasiga kiradi. Poyasi tik, bo’yi 50-150 sm. Barglari tuksiz, navbat bilan joylashgan. Gullari sariq, tilsimon, savatga joylashgan. Urug’lari oval-uzunchoq, qora, qo’ng’ir-malla rang, uchmalari bor.
O’zbekiston sharoitida ildizi 50 sm gacha chuqurlikka kirib boradi. Urug’idan ko’karib chiqqan o’simlikning ildizi birinchi yili 2,1 m, uchinchi yili 4 m gacha chuqurlikka kirib boradi. Ildizida sut shirasi bor. Urug’idan va ildizidan aprel-may oylarida unib chiqadi, iyun-sentyabrda gullaydi, iyul-oktyabrda urug’laydi. Urug’lar unuvchanligi 5 yilgacha saqlanishi mumkin. Bo’ztikan hamma joyda uchraydi. Yop-pasiga ekiladigan va qator oralari ishlanadigan ekinlar orasida o’sadi.
Yantoq - Alhagi comelorum Fish-dukkakdoshlar oilasiga kiradi. Кo’p yillik o’t. Maysalari silliq, tuksiz. Bo’yi 50-110 sm. Poyasi tik, shoxlangan. Siyrak, uzun tikanlar bilan qoplangan. Barglari navbat bilan joylashgan, cho’zinchoq oval, teskari tuxumsimon, qisqa bandli, pastki tikanlari qattiq, uzunligi 7-15 mm, yuqoridagilarning uzunligi 18-25 mm. Gullari siyrak, shingilga to’plangan, qizil yoki pushti rangda. Mevasi silliq ochilmaydigan qo’zoq. Urug’lari buyraksimon, silliq, to’q malla-yashil yoki qoramtir-malla. Ildiz bachkisidan va urug’dan ko’payadi.May- sentyabr oylarida gullab, avgust -oktyabrda urug’laydi. Tuksizmiya, shirinmiya, qizilmiya—Glycyrrhiza glabra dukkakdosh-lar oilasiga kiradi. Кo’p yillik o’t, poyasi tik, shoxlangan, bo’yi 45- 80sm. Barglari qisqa bandli, cho’ziq- tuxumsimon bargchalardan tash-kil topgan murakkab barg. To’pguli siyrak, gullari siyoh rang. Dukkagi 2-7 urug’li. Mevasi egilgan, katta g’uddali, qizil-qo’ng’ir rangli urug’i kulrang- yashil ,deyarli sharsimon, Aprel—iyun oylarida gullab , iyun –sentyabrda urug’laydi. Daryo va ariq bo’ylari, to’qay-zorda va ekinlar orasida o’sadi.
Sharq takasoqoli, takasoqol- Dodartia orientalis L. Sigirquyruqdosh-lar oilasiga kiradi. Bo’yi 25-40 sm. Poyasi sershox, deyarli bargsiz. Barglari bandsiz, cho’ziq, yo’g’onroq, yuqoriga tomon maydalashib boradi. Poyaning uchida barg bo’lmaydi. Guli binafsha rangda, qisqa bandli. Mevasi oval shakldagi ko’sakcha. Urug’i mayda, g’adir-budir, qo’ng’ir rangda, iyun-sentyabr oylarida gullab urug’laydi. Takasoqol bachkilab va urug’idan ko’payadi. Yo’l yoqalari, bog’ va ekinzorlarda begona o’t sifatida o’sadi.
Oqbosh - Kapelina caspia Less. Murakkabdoshlar oilasiga kiradi. Bo’yi 50-100 sm. Poyasi tik o’sadi, shoxlangan. Barglari yaxlit, tekis qirg’oqli, biroz etli, poyani chala o’rab turadi. Savatchasi silindrsimon, uzunligi 10-15 mm, eni 4-8 mm. Gullari naysimon, pushti-siyoh rang. Savatcha chetida ko’p qatorli ipsimon urug’chi gullar joylashgan. Iyun-avgust oylarida gullab urug’laydi. Urug’i qo’ng’ir rangli, mayda va yaltiroq. Bachkisi va urug’idan ko’payadi. Oqbosh sho’rlangan yerlarda o’sadi. Bu begona o’tning ildizi chuqur kesib turilsa batamom yo’q bo’lib ketadi.
Кermak, kengbarg kermak-Statice otolepis Schrenk, kermakdoshlar oilasiga kiradi. Bo’yi 40-80 sm. Ildiz bo’g’zidagi barglari kam, uzunligi 3-8 sm, eni 1,5-3 sm. Yumaloq poyasining rangi ko’kish, g’adir-budir, o’rtasidan shoxlangan, juda mayda bargchali va chiroyli sirensimon gullidir. To’pguli-ro’vak, urug’i kul rang-qo’ng’ir, mayda ovalsimon. May-sentyabr oylarida gullab urug’laydi. Daryo bo’ylari, sho’r tuproq-lar va sug’oriladigan ekinzorlarda o’sadi.
Кakra-Acroptilon pikris C.A.M. Murakkabdoshlar oilasiga kiradi. Bo’yi 40-60 sm, sershox, ildizbachkili ko’p yillik o’t. Barglari navbat bilan joylashgan, uzunchoq tuxumsimon yoki tasmasimon. Shoxlarining uchida yakka-yakka doirali gul savatchalar hosil qiladi. Savatchalar hoshiyali barglar bilan o’ralgan, har bir savatchada 2 tadan 26 tagacha urug’ pishib yetiladi. Urug’i teskari tuxumsimon, yashil-sariq yoki kul rang don. Кakra urug’idan yoki ildizbachkisidan ko’payadi. U mart oyidan ko’karib chiqadi. Birinchi yili sekin o’sadi. Ildizi qora, yog’ochsimon. Uning ildizi 10 m dan ortiq chuqurlikka kirib borishi mumkin. Ayrimlari 1 m chuqurlikka kirib boradi. Namlik yetarli bo’lsa qirqilgan ildizlarining bo’laklaridan ham ko’karib chiqaveradi.

Yüklə 113,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin