1. Sug’oriladigan hududlardagi o’simliklar



Yüklə 113,56 Kb.
səhifə2/12
tarix13.12.2023
ölçüsü113,56 Kb.
#174603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Sugoriladigan hududlardagi osimliklarning tur tarkibi.Keng tarqalgan oilalar

2.Begona o’tlarning zarari. Begona o’tlar qishloq xo’jaligiga juda katta zarar yetkazadi. Ular hosil miqdori va sifatini pasaytiradi. Begona o’tlar tufayli dunyoda har yili 20 mlrd dollar atrofida zarar ko’riladi. O’zbekistonda esa, har yili 15-20 % paxta, 10-20 % sabzavot hosili kam olinmoqda. Yalpi xarajatlarning sezilarli qismi begona o’tlarni yo’qo-tishga sarf qilinmoqda. G’o’za qator orasidagi begona o’tlarni yo’qotish uchun gektariga 25 ishchi kuni yo’qotilmoqda. Begona o’tlarni chopiq qilish paytida nihollarni o’rnidan ko’chib ketishi va shikastlanishi tufayli ko’chat qalinligi kamayib ketadi. Hosilga begona o’tlar urug’i, mevalari va barglari qo’shilib ketishi natijasida uning sifati yomonla-shadi. G’umay, ajriq, qamish kabi begona o’tlar bilan kuchli ifloslangan yerlardagi ekinlarni parvarish qilish nihoyatda qiyin kechadi. Erta bahorda hali madaniy o’simliklar unib chiqmaganda zararkunandalar begona o’tlarda ko’payadi, keyinchalik madaniy o’sim-liklarga o’tadi. Кanal, ariq va boshqa sug’orish shoxobchalarida o’sadigan begona o’tlar suvni oqishini susaytirib befoyda sarflanishiga sabab bo’ladi.
Ayrim yovvoyi o’simliklarning turli organlari(mevasi, urug’i va po-yasi)da zaharli moddalar to’planadi. Bu moddalar asosan alkaloidlar va glikozidlardan iborat. Markaziy Osiyoda kampirchopon, kakra, ko’kmaraz, eshakmiya, oqmiya, mastak, oqquvray, mingdevona, bangi-devona, tuyaqorin, oqsanoq, sariqgul kabi zaharli yovvoyi o’simliklar uchraydi. Ulardan ko’pchiligi yaylov, o’tloq va pichanzorlarda o’sib chorva mollarining zaharlanishiga sabab bo’ladi.
Itqo’noq, lattatikan, arpag’on va boshqa sertukli yoki qiltiqli o’tlar hayvonlarni ovqat hazm qilish organlarini jarohatlaydi, ba’zi hollarda o’lishiga sabab bo’ladi. Ba’zi o’simliklar tanasi va urug’laridagi tikanlari hayvonlarning terisi va ichaklarini jarohatlaydi. Bularga qo’ytikan, tukli chalov, bo’z va uchdyumli qasmaldoq kabi o’simliklar misol bo’ladi. Qo’ytikan, yovvoyi sabzi, itqo’noq urug’lari qo’ylarning juniga yopishib uning sifatini buzadi.
Oddiy barboreya, yarutka, qamish, yovvoyi karam, yovvoyi piyoz, sassiq kovrak, shuvoq sigirlarning sutiga yoqimsiz ta’m va hid beradi, rangini o’zgartiradi. Sassiqtorol va shuvoqning ba’zi turlari go’shtning ta’mini buzib, unga yoqimsiz hid beradi..

Yüklə 113,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin