2. Sug‘urta sohalari va klasslari O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi yangi qonunchiligida sug‘urta sohalari va turlariga ham tushuntirishlar berib o‘tilgan. Unga ko‘ra sug‘urta quyidagi sohalarga bo‘linadi:
hayotni sug‘urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, mehnat qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog‘liq manfaatlarini sug‘urta qilish, bunda shartnoma bo‘yicha sug‘urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda sug‘urta pullarining sug‘urta shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan oshirilgan foizni o‘z ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to‘lovlarini (annuitetlarni) qamrab oladi);
umumiy sug‘urta (shaxsiy, mulkiy sug‘urta, javobgarlikni sug‘urta qilish hamda hayotni sug‘urta qilish sohasiga taalluqli bo‘lmagan boshqa sug‘urta turlari).
Sug‘urta tavakkalchiliklari yoki ular guruhlarining va ular bilan bog‘liq majburiyatlarning umumiy xususiyatlariga muvofiq sug‘urta sohalari sug‘urta turlariga (klasslariga) bo‘linadi. Sug‘urta turlari (klasslari) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27 noyabrdagi 413-sonli «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining 1-ilovasida sug‘urta faoliyatining klassifikatori berilgan bo‘lib, unga muvofiq hayotni sug‘urta qilish sohasi 4 ta klassga va umumiy sug‘urta sohasi 17 ta klassga ajratilgan.
Hayotni sug‘urta qilish sohasi o‘z tarkibiga quyidagi klasslarni oladi:
Quyidagi hollarda sug‘urta summalari to‘lash bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlarini nazarda tutuvchi, bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi hayotni sug‘urta qilish turlari jami:
- sug‘urta qilinuvchining sug‘urta muddati tamom bo‘lgungacha yoki sug‘urta shartnomasida belgilangan yoshgacha yashashi;
- sug‘urta qilinuvchining vafot etishi;
shuningdek sug‘urta shartnomasi amal qilishi davridagi joriy to‘lovlar (annuitetlar), III klass bundan mustasno
II klass
Nikoh va tug‘ilish
Nikohga kirishda yoki bola tug‘ilganda sug‘urta summasi to‘lanishini ta’minlovchi, bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi hayotni sug‘urta qilish turlari jami
III klass
Hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish
Umrbod renta to‘lanishi bilan birgalikda hayotni sug‘urta qilish turlari jami
IV klass
Sog‘liqni sug‘urta qilish
Ko‘rsatib o‘tilgan sug‘urta davri kamida besh yildan kam bo‘lmagan muddatga yoki sug‘urta qilinuvchining pensiya yoshiga yetguniga qadar belgilanishi sharti bilan baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa yoki kasallik yoki kasallanish tufayli qattiq shikastlanish natijasida mehnatga layoqatlilikni yo‘qotganda sug‘urta summalari to‘lanishini ta’minlovchi hayotni sug‘urta qilish turlari jami. Bunda shartnomada ko‘rsatilgan sug‘urta davri sug‘urtalovchi tomonidan bir tomonlama tartibda bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin emas