1. Sug‘urtani turkumlashning umumiy asoslari



Yüklə 225,36 Kb.
səhifə3/5
tarix27.12.2023
ölçüsü225,36 Kb.
#198999
1   2   3   4   5
Mavzu sug‘urtani klassifikatsiyalash-fayllar.org

Umumiy sug‘urta sohasi esa quyidagi klasslardan tashkil topadi:

Klass tartib raqami


Klassning nomi


Mazmuni va sug‘urta qilish shartlari bo‘yicha talablar


1-klass

Baxtsiz hodisalar-dan ehtiyot shart sug‘urta qilish

Quyidagi hollarda:


a) baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa natijasida sog‘liqning qattiq shikastlanishi, yoxud;
b) baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa natijasida vafot etgan taqdirda, yoxud;
v) kasallik yoki muayyan turdagi kasallik natijasida mehnat qobiliyatini yo‘qotish, shu jumladan ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklari, biroq 2-klass va IV klass bo‘yicha sug‘urta shartnomalarini istisno qilgan holda, sug‘urta qilingan shaxsga sug‘urta ta’minotining belgilab qo‘yilgan pul summasi yoki pul kompensatsiyasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami

2-klass

Kasallikdan ehtiyot shart sug‘urta qilish

Sug‘urta ta’minotining belgilab qo‘yilgan pul summasi to‘lanishini yoki kasallik yoki sog‘liqning izdan chiqishi munosabati bilan sug‘urta qildiruvchining pul kompensatsiyasi (yoki uning ham, buning ham kombinatsiyasi)ni ta’minlovchi sug‘urta turlari jami, biroq hayotni sug‘urta qilish tarmoqlarining IV klassi bo‘yicha shartnomalarni istisno qilgan holda


3-klass

Er usti transport vositalari-ni sug‘urta qilish

Transport vositalari, o‘zi yurar mashina va mexanizmlar, harakatlanadigan temir yo‘l tarkibi bundan mustasno, yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami


4-klass

Harakatlanadigan temir yo‘l tarki-bini sug‘urta qilish

Harakatlanadigan temir yo‘l tarkibi yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jami


5-klass

Aviatsiya sug‘urtasi

Havo kemasi, havo kemasining mashina asbob-uskunalari, jihozlari, inventari, ehtiyot qismlari yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jami


6-klass

Dengiz sug‘urtasi

Dengiz va ichki daryo kemalari, kemalarning mashina asbob-uskunalari, asbob-uskunalari, inventari, ehtiyot qismlari yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jami


7-klass

Yo‘ldagi mol-mulkni sug‘urta qilish

Transportning har xil turlari bilan tashishda yuklar, bagaj va boshqa mol-mulk yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jami


8-klass

Mol-mulkni olovdan va tabiiy ofatlardan sug‘urta qilish

Yong‘in, portlash, bo‘ron, dovul, jala, ko‘chki, tuproqning cho‘kishi, yemirilish, yer osti suvlari, sel, yashin urishi, zilzila, yadro energiyasi ta’siri natijasida mol-mulk (3 va 7- klasslarda ko‘rsatilganlar bundan mustasno) yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jami


9-klass

Mol-mulkni zarardan sug‘urta qilish

8-klassda ko‘rsatilmagan do‘l, qalin qor yog‘ishi yoki qattiq sovuq tushishi, buzib kirib o‘g‘irlik qilish va boshqa voqealar natijasida mol-mulk (3 va 7-klasslarda ko‘rsatilgandan boshqa) yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jami


10-klass


Avtofuqa-rolik javobgarli-gini sug‘urta qilish


Er usti transport vositalari va boshqa o‘ziyurar mashinalar va mexanizmlardan foydalanish oqibatida, tashuvchilarning javobgarligi ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar yetkazilgan taqdirda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami


11-klass


Aviatsiya sug‘urtasi doirasidagi javobgar-likni sug‘urta qilish


Havo kemasidan foydalanish oqibatida, aviatashuvchilarning javobgarligi ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar yetkazilgan taqdirda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami


12-klass


Dengiz sug‘urtasi doirasida javobgar-likni sug‘urta qilish


Dengiz va ichki kemalardan foydalanish oqibatida, dengiz tashuvchisining javobgarligi ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar yetkazilgan taqdirda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami


13-klass


Umumiy fuqarolik javobgarli-gini sug‘urta qilish


10, 11 va 12-klasslarda ko‘rsatilmagan tavakkalchiliklar oqibatida uchinchi shaxslar (jismoniy va yuridik shaxslar) oldida fuqarolik javobgarligi paydo bo‘lgan taqdirda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami


14-klass


Kreditlar-ni sug‘urta qilish


Sug‘urta qildiruvchining debitori nochorligi (bankrotlik) yoki debitorning sug‘urta qildiruvchi oldidagi qarzlarni qaytarish majburiyati bajarilmasligi (nochorlikdan tashqari) natijasida sug‘urta qildiruvchi zarar ko‘rganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami


15-klass


Kafillikni (kafolatlarni) sug‘urta qilish


Sug‘urta qildiruvchining o‘ziga berilgan kafolatni bajarishi majburiyati natijasida sug‘urta qildiruvchi zarar ko‘rganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami


16-klass


Boshqa moliyaviy tavakkalchi-liklardan sug‘urta qilish


Quyidagi hollarda:


a) sug‘urta qildiruvchining biznesi (xo‘jalik faoliyati) uzilib qolishi yoki sug‘urta qildiruvchi tomonidan amalga oshirilayotgan biznes (xo‘jalik faoliyati) ko‘lami kamayishi natijasida sug‘urta qildiruvchi zarar ko‘rganda;
b) oldindan nazarda tutilmagan xarajatlar natijasida sug‘urta qildiruvchi zarar ko‘rganda (17-klassda ko‘rsatilgandan tashqari);
v) shartnomalar tuzilishi va bajarilishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish natijasida mazkur darajaning a) va b) bandlarida ko‘rsatilgandan boshqa nobudgarchiliklarga uchraganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami

17-klass


Huquqiy himoya qi-lish bilan bog‘liq xarajatlar-ni sug‘urta qilish


Sud muhokamasi bilan bog‘liq ko‘rilgan xarajatlar natijasida sug‘urta qildiruvchi zarar ko‘rganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami



Sug‘urtalanuvchi – sug‘urtalovchi bilan aniq sug‘urta munosabati o‘rnatgan va tegishli sug‘urta mukofotlarini to‘lovchi yuridik yoki jismoniy shaxs.

Sug‘urta vositachilari – sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida vositachilik vazifasini bajaruvchi yuridik shaxs. Maqomi bo‘yicha vositachi sug‘urtalanuvchining manfaatlarini himoya qiladi. Ko‘rsatgan xizmatlari uchun vositachi tegishli vositachilik haqini oladi.

Risk- bitta kutilayotgan hodisa bo‘yicha xavfning yuzaga kelishi. Risk tushunchasi ko‘rinishlarining xilma-xilligi, uni sodir bo‘lishi natijasida yuzaga kelgan oqibatlarning og‘irligi, riskni ro‘y berishi sababli paydo bo‘lgan zararlarni mutloq tugatishni imkoniyati bo‘lmaganligi sug‘urta ishini tashkil etish uchun asos yaratdi. Shunday qilib, risk sug‘urtaviy huquqiy munosabatlarni shakllantirish uchun shart-sharoit yaratadi. Risk-riskli holatlarning yagonalik va o‘zaro aloqadorlik yig‘indisidir.


Sug‘urta fanida risk tushunchasiga turlicha tariflar berilgan. Jumladan, risk-bu konkret hodisa yoki hodisalar yig‘indisi bo‘lib, ular sodir bo‘lgan taqdirda sug‘urta kompaniyasi qoplamalar to‘laydi. Risk sug‘urta ob’ekti bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘langan. Ob’ektga risk salbiy ta’sir ko‘rsatib, uni shikastlashi yoxud nobud qilishi mumkin. Shu tufayli risk - bu yagona tasodifiy hodisa bo‘lib, uning ro‘y berishi inson ongiga yoki irodasiga bog‘liq emas. Sug‘urta risklarining ro‘yxati sug‘urtalovchining sug‘urta javobgarligi hajmini tashkil etadi.
Risk bahosining puldagi ifodasi sug‘urta tarif stavkasini tashkil etadi; sug‘urta ob’ekti; sug‘urta javobgarligining turi.

Yüklə 225,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin